2020 yilning eng bestseller smartfonlaridan biri mana shu hamyonbop model bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  4133
  •  29.02.2020 11:54

2020 yilning eng bestseller smartfonlaridan biri mana shu hamyonbop model bo‘ladi!

Galaxy A10 modeli o‘tgan yili dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan – bestseller bo‘lgan smartfonlar reytingida barcha Android-smartfonlarni ortda qoldirgan edi. Samsung kompaniyasi endi uning munosib davomchisi – Galaxy A11 devaysini tayyorlamoqda.

O‘QING: Ikkita hamyonbop Samsung xiti tayyor: uchtalik kamera, baquvvat batareya, kuchli protsessor...

Galaxy A11 ham shunaqa muvaffaqiyatli sotilishini ta’minlovchi omillar, ya’ni uning xususiyatlari haqida yangi ma’lumotlar internetda tarqalmoqda. Ularga qaraganda, bu smartfon diagonaliga 6,4 dyuymlik (boshqa versiyaga ko‘ra – 6,2 dyuymlik) LCD-displeyga ega; yana uning 8 megapiksellik old kamerasi uchun ekranda kemtik emas, balki tirqish ochilgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, kutilayotgan hamyonbop smartfonning bosh kamerasi uchtalik; uning «ajdod»i esa u yakka sensorli edi. Bu sensorlar 13, 5 va 2 megapiksellik ekani aytilmoqda; kamera blogi yonida fotochaqnoq ham bor.

O‘QING: Samsung Galaxy A11 haqida yangi xabar tarqaldi

Korpusning orqa panelida yana daktiloskopik datchik ham paydo bo‘lgan; Galaxy A10 modelida u ham yo‘q edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A11 akkumulyatori 4000 mA/soatlik, tezkor xotirasi esa 3 gigabaytlik bo‘ladi.

Bestseller bo‘lishi prognoz qilinayotgan bu smartfonning «elektron yuragi» haqida ham ikki xil taxmin bildirilmoqda: unda Snapdragon 625 chipseti yoki janubiy koreyalikning o‘z ishlanmasi – Exynos 7 turkumidagi biror protsessor qo‘llanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olganda, Galaxy A11 kompaniyaning o‘tgan yilgi modelidan ham ommabop bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas. Endi bunga ta’sir etuvchi bitta muhim omil bor – bu smartfonning narxi hozircha noma’lum.

O‘QING: Samsung hamyonbop Galaxy M31’ni taqdim etdi: qarang-chi, «megamonstr» deyishga arzirmikan?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!