205 dollarlik Redmi Note 7 Pro fevraldan sotuvga chiqadi!

  •   DiMaX
  •  5204
  •  17.01.2019 13:39

205 dollarlik Redmi Note 7 Pro fevraldan sotuvga chiqadi!

Xiaomi kompaniyasi o‘tgan haftada Redmi Note 7 smartfonini rasman taqdim etib, 15 yanvardan uning savdosini ham boshlagan. Terabayt.uz saytida ushbu smartfonning turli sinovlari aks etgan videolavhalar, suratlar va boshqa ma’lumotlar e’lon qilingan.

O‘QING: 250 dollarlik Redmi Note 7 Pro: beshta kamera, 6 dyuymlik ekran, Snapdragon 710 chipi va 4200 mA/soatlik batareya!

Endi esa «xitoycha Apple» ushbu smartfonning yanada takomillashtirilgan versiyasi – Redmi Note 7 Pro modelini ham tayyorlaganini ma’lum qildi. Insayderlar bergan yangi ma’lumotlar esa uning turli xususiyatlariga aniqlik kiritgan.

Jumladan, Redmi Note 7 Pro smartfoni Qualcomm kompaniyasining o‘rtacha smartfonlarga mo‘ljallangan yangi chipi – Snapdragon 675 bazasidagi ilk devayslardan biri bo‘ladi. Smartfonning tezkor xotirasi 6 gigabaytgacha, ichki xotirasi esa 128 gigabaytgacha talqinlarda bo‘ladi.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi displeyning hamma joyi skanerli smartfon tayyorladi!

Quyidagi surat Xiaomi’ning yopiq taqdimotidan olingan, deyishmoqda:

Redmi Note 7 Pro ham xuddi Redmi Note 7 singari 48 megapiksellik qo‘sh kamera bilan jihozlanadi, ammo yangi modelda Samsung GM1 emas, balki Sony IMX586 optik sensori qo‘llanadi.

Xitoylik insayderlarning Weibo tarmog‘i orqali ma’lum qilishlaricha, Redmi Note 7 Pro shu yilning fevralidanoq sotuvga chiqariladi. Uning tezkor/doimiy xotirasi 4/64 gigabaytlik versiyasi 205 dollarga, 6/128 gigabaytligi esa 220 dollarga baholanishi kutilmoqda.

O‘QING: Navbatdagi Xiaomi flagmanining taqdimot sanasi e’lon qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!