25 iyulgacha kutmaymiz: toza Android tizimli Xiaomi Mi A3 ertagayoq taqdim etiladi!

  •   DiMaX
  •  1204
  •  16.07.2019 09:32

25 iyulgacha kutmaymiz: toza Android tizimli Xiaomi Mi A3 ertagayoq taqdim etiladi!

Xiaomi korporatsiyasi Mi A3 smartfonini 25 iyul kuni Polshada taqdim etishi haqida kechagina yozgan edik. Ushbu smartfon Xiaomi yaqindagina yangi brend ostida taqdim etgan modellarning toza Android tizimli, global versiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Nihoyat, uzoq kutilgan Xiaomi CC turkumidagi ilk uchta smartfon taqdim qilindi!

Lekin so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xitoyliklar uni ertaga – 17 iyuldayoq keng jamoatchilikka ko‘rsatadi! Xiaomi buning uchun Ispaniyada matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan:

Xiaomi yangi turkumida standart Mi A3 hamda «yengillashtirilgan» Mi A3 Lite modellaridan tashqari, yana Mi A3 Pro flagmanini ham chiqarishi aytilmoqda. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatib boring.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni mavjud. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

O‘QING: Xiaomi smartfonlari arzonlashdi, Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing! (2019 yil 13 iyul)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.