8-avlod Redmi smartfonlarining eng arzoni TENAA’da: xususiyatlari va rasmlarini ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  7002
  •  12.09.2019 10:16

8-avlod Redmi smartfonlarining eng arzoni TENAA’da: xususiyatlari va rasmlarini ko‘ring!

Xiaomi korporatsiyasining hamyonbop qurilmalarga ixtisoslashgan Redmi brendi yaqindagina Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8 Pro smartfonlarini namoyish qilgan edi. Endi esa sakkizinchi avlod telefonlarining eng arzon vakili – Redmi 8A ham «qo‘lga tushdi»!

O‘QING: Naq 5000 mA/soatlik Redmi 8 ham taqdimotga tayyor!

Ushbu qurilma Xitoyning telekommunikatsion agentligi – TENAA regulyatori saytida M1908C3KE katalog raqami ostida ro‘yxatdan o‘tdi. Uning texnik xususiyatlari ko‘zni quvontiradi: sakkiz yadroli protsessori 2,0 GGs.lik takt chastotasiga ega, smartfon Android 9.0 Pie boshqaruvi ostida ishlaydi. Redmi 8A bosh kamerasi 12 megapiksellik; selfi uchun esa ekranning kemtigiga 8 MP aniqlikdagi old kamera o‘rnatilgan.

TENAA ushbu gadjetning tashqi ko‘rinishini ham fosh etgan:

Redmi 8A modelini tezkor/doimiy xotirasiga ko‘ra uch xil variantda taklif etishadi: 2/16 GB, 3/32 GB i 4/64 GB.

O‘QING: «Jonli» video: Xiaomi sir tutayotgan Mi Mix 4 (Mi Mix Alpha) flagmanini ishlatib ko‘rsatishdi!

Redmi 8A o‘lchamlariga keladigan bo‘lsak, korpusi 156,3x75,4x9,4 millimetrlik, vazni esa 188 gramm keladi. Joriy yilning may oyida taqdim etilgan «ajdod»i – Redmi 7A modeliga (sotib olish) ekrani diagonaliga 5,45 dyuymlik bo‘lsa, yangi qurilmaniki kattaroq – 6,217 dyuym. Biroq displeyning tasvir aniqligi o‘zgarmagan – HD+ formatida, ya’ni 1520x720 piksellik.

Yangi smartfonning eng yaxshi jihatlaridan biri uning avtonomligi bo‘lsa kerak: Xiaomi unga naq 5000 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatyapti! Bundan tashqari, Redmi 8A modeli xaridorlarga naq sakkiz xil – qora, qizil, moviy, pushti, oq, yashil, binafsha rang va kul rang korpuslardagi variantlarda taklif etiladi.

Insayderlar Redmi 8A shu oyning o‘zidayoq taqdim etilib, savdoga chiqarilishini aytishmoqda, ammo bu borada biror rasmiy xabar yo‘q. Hozircha esa kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi’ning naq oltita smartfoni rasman arzonlashtirildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.