90 yoshli geymer onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1192
  •  12.05.2020 12:53

90 yoshli geymer onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Yaponlar – hamisha yangilikka o‘ch, keksayganida ham tinch o‘tirmaydigan xalq. Masalan, biz avval iPhone uchun ilova yasagan 81 yoshli yaponiyalik onaxon haqida yozganmiz.

O‘QING: 87 yoshli kampirni Instagram'da 160 ming kuzatuvchisi bor, sizda-chi?

Navbatdagi qahramonimiz esa undan ham keksa – to‘qson bilan to‘qnashgan Xamako Mori ismli geymer onaxon bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, videoo‘yinlar kishining qariganda ham es-hushni yo‘qotmaslikka yordam beradi.

Biz avvalroq Fortnite’dagi g‘alabalari bilan Ginness rekordlar kitobiga kirgan qo‘l-oyoqsiz geymer haqida yozgandik. Kunchiqar yurtilik Xamako Mori esa yaqinda dunyodagi eng keksa geymer sifatida mazkur nufuzli kitobga kiritildi.

Ginnessning rekordlar kitobi tahririyatiga bergan intervyusida tan olishicha, Xamako Mori videoo‘yinlarga kuniga 7–8 soat vaqt sarflar ekan! Bunaqa ko‘rsatkich hatto yoshlar uchun ham ortiqcha hisoblanadi, biroq yapon onaxonning shashti baland. U o‘z umrining shu paytgacha bo‘lgan qismini munosib yashagan, endi esa Grand Theft Auto V, Resident Evil 3 Remake, Call of Duty: Modern Warfare va boshqa ko‘plab zamonaviy o‘yinlarga sho‘ng‘ib ketgan.

Xamako Mori nafaqat sayyoramizdagi eng qari geymer, balki shu bilan birga eng yoshi katta videobloger ham hisoblanadi. Onaxon o‘z o‘yinlarini e’lon qilish uchun YouTube servisida o‘ziga kanal ham ochib olgan. Kanalda 185 mingdan oshiq obunachi mavjud va har bir lavhasi 20 mingtadan milliontagacha ko‘riladi!

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!