Afsonaviy brendning eng kutilayotgan flagmani Geekbench’da sharmanda bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1600
  •  19.02.2019 15:15

Afsonaviy brendning eng kutilayotgan flagmani Geekbench’da sharmanda bo‘ldi!

Mashhur Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida yaqindagina Nokia 9 PureView testdan o‘tkazib ko‘rilganligi haqida qayd paydo bo‘ldi. Unda smartfonning yakuniy texnik jihatlari aks etgan bo‘lib, ushbu brend muxlislarini xursand qilmaydi.

O‘QING: VIDEO: Nokia 9 PureView smartfoni ilk rasmiy reklama roligida!

Eng hafsalani pir qiladigan jihati – bir yildan beri kutilayotgan ushbu flagman bulturgi Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlar ekan! Shuningdek, tezkor xotirasi ham Nokia ixlosmandlarini mamnun etmaydi – atigi 6 gigabaytlik... Sinov ma’lumotnomalariga ko‘ra, Nokia 9 PureView eng so‘nggi – Android 9 Pie operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi (xayriyat-ye).

Biroq ishlash samaradorligi chakki emas – bu smartfon yakka yadroli testda 2269 ball, ko‘p yadrolisida esa 8793 ball to‘plagan.

Mazkur qurilmada barmoq izi skaneri ekranga integratsiya qilinadi, u simsiz quvvatlash texnologiyasiga hamda 4150 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Nokia 9 PureView dunyodagi ilk penta-kamerali smartfon bo‘lishi kerak, lekin uning taqdimoti bir yildan buyon orqaga surilib kelib, nihoyat, yaqinda rasman e’lon qilindi. HMD Global shoshilmasa bo‘lmaydi, chunki...

O‘QING: Xiaomi allaqachon Nokia 9 PureView kabi pentakamerali smartfon tayyorlabdi – unda olingan suratni ko‘ring!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!