AirPods Studio simsiz quloqchini tayyor: narx va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  856
  •  04.09.2020 13:31

AirPods Studio simsiz quloqchini tayyor: narx va xususiyatlari

Apple fanatlari hozir iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdimotini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Lekin kupertinolik korporatsiya kuzda ayfonlardan tashqari boshqa tur gadjetlarni ham namoyish etadi va bugun ulardan biri bilan tanishamiz.

O‘QING: iPhone 12 jamlanmasi, ayniqsa narxi sizni xursand qilmaydi

Yangi mahsulotlardan biri – AirPods Studio rusumli to‘liq hajmli simsiz quloqchin bo‘lib, insayder uning xususiyatlari hamda narxi haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, mazkur qurilma oq va kul rang tuslarda taklif etilib, akkumulyatori USB-C porti orqali quvvatlanadi.

AirPods Studio ovozni «o‘ta yuqori sifatda» yangrata oladi. Quloqchinga H1X protsessori (nomi hozircha tasdiqlanmagan) hamda ekvalayzer o‘rnatilgan. Bu devays xuddi HomePod’dagi singari ishoralar bilan boshqaruv tizimiga ega.

Shuningdek, AirPods Studio o‘zining boshga taqilgan yo yechilganligini o‘zi aniqlab, shunga mos holda avtomatik tarzda musiqani to‘xtatib qo‘yish va kelgan joyidan davom ettirish qobiliyatiga ega.

Apple bu mahsulotini sentyabrdayoq taqdim etishi, savdosini esa shu yoki kelasi oyda boshlashi kutilmoqda. AirPods Studio uchun 349 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan, demoqda insayder.

O‘QING: Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.