AMOLED ekranli Redmi Note 10’ni ilk bor yoqiq holatida «jonli» ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1409
  •  25.02.2021 14:50

AMOLED ekranli Redmi Note 10’ni ilk bor yoqiq holatida «jonli» ko‘ramiz!

Kuni kechagina biz Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendi tayyorlagan Redmi Note 10 Pro smartfonining qadog‘i aks etgan suratni ulashgan edik. Endi esa ushbu turkumning eng arzon vakili – Redmi Note 10 4G modelining «jonli» rasmlari ham tarqaldi.

O‘QING: RASMAN: Redmi Note 10’lar kutilganidan oldinroq chiqadi!

Ushbu suratda Redmi Note 10 ekrani yoqiq holida ko‘rsatilgan bo‘lib, sozlamalar menyusidagi «Telefon haqida» bo‘limi aks ettirilgan. Unga ko‘ra, smartfon 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega hamda MIUI 12 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ninchi avlod Redmi fabletlari seriyasiga kamida uchta: Redmi Note 10, Note 10 Pro va Note 10 Pro Max modellari kiradi. Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgani – standart talqindagi Redmi Note 10 bo‘lib, uning model raqami M2101K7A ekan. Snapdragon 678 protsessorli va 48 megapiksellik kvadrokamerali ushbu smartfon 4/64 hamda 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega variantlarda, Pebble White, Lake Green, Aqua Green, Frost White hamda Shadow Black rangli korpuslarda taklif etiladi.

Mazkur turkumdagi smartfonlar haqida batafsil #XiaomiRedmiNote104G, #XiaomiRedmiNote105G, #XiaomiRedmiNote10Pro4G, #XiaomiRedmiNote10Pro5G, #XiaomiRedmiNote10ProMax heshteglari orqali o‘qing. Ushbu fabletlardan oldin Redmi o‘zining flagman modellarini ham taqdim etyapti...

O‘QING: Redmi K40 hamda K40 Pro sotuvga chiqdi: narxlari, «jonli» surat va yangi jihatlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!