Android 10 Go tizimli «uchko‘z» smartfon atigi 60 dollardan sotila boshladi!

  •   DiMaX
  •  1416
  •  13.07.2020 09:58

Android 10 Go tizimli «uchko‘z» smartfon atigi 60 dollardan sotila boshladi!

Oukitel kompaniyasi kuchli himoyalangan, akkumulyatori sig‘imdor smartfonlari bilan tanilgan. Avvalroq u Xiaomi Mi CC9 Pro kamerofonidan zo‘r makrosurat oluvchi Oukitel C18 Pro modelini taqdim etgan. Yaqinda esa...

O‘QING: Atigi 130 dollarga batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqdi! (+video)

 Kompaniyaning yana bir yangi mahsuloti – Oukitel C19 smartfoni uchun aslida 100 dollar miqdorida narx belgilangan. Lekin savdosining boshlanishi munosabati bilan bugun – 13 iyul kuni uni atigi 60 dollardan sotishyapti. Garchi aksiya davrida Xitoydan tashqaridagi xaridorlar uchun olish ehtimoli pastroq bo‘lsa-da, bu smartfon yuz dollarga ham bemalol arziydi.

Oukitel C19 modeli protsessori va tezkor xotirasi pastroq bo‘lgan arzon qurilmalarga mo‘ljallangan Android 10 Go operatsion tizim talqini bilan ishlaydi. Shunga qaramasdan, u zamonaviy smartfonlarda mavjud bo‘lgan ko‘plab funksiyalarga ega.

O‘QING: Redmi flagmani keskin arzonlashdi – narxidagi farqining o‘ziga yana bitta smartfon olish mumkin!

Smartfonning uch modulli bosh kamerasida asosiy sensor sifatida 13 megapiksellik Sony IMX214 datchigi qo‘llangan. Rasmlar chiroyli, aniq va tabiiy chiqishi uchun sun’iy ong texnologiyasi qo‘shilgan. Selfilar uchun esa ekranning tomchisimon kemtigiga 5 megapiksellik aniqlikdagi old kamera joylangan.

Displey o‘lchami diagonaliga 6,49 dyuymlik, tasvir aniqligi HD+ formatida, ya’ni 1560x720 piksellik, IPS matritsali. Tok sig‘imi 4000 mA/soatlik akkumulyatorning to‘la quvvati smartfonning bir necha kun ishlashiga yetadi.

Oukitel C19 yakka kristalli MediaTek MT6737 protsessoriga ega, unga 2 gigabaytlik tezkor xotira yelkdoshlik qildi. Smartfonning ichki xotira hajmi 16 gigabaytga teng; yana ikkita ikkita SIM-karta uyachsidan alohida slotiga 256 GBgacha hajmli microSD-karta qo‘yish mumkin.

O‘QING: Jahondagi eng arzon pentakamerali smartfon chiqdi, yana NFC chipiyam bor! (+video)