Android 10 Q smartfoningiz quvvatini 50 foizgacha tejaydi!

  •   DiMaX
  •  1309
  •  31.01.2019 11:41

Android 10 Q smartfoningiz quvvatini 50 foizgacha tejaydi!

Google tayyorlayotgan o‘ninchi avlod mobil operatsion tizim bir qator yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Kompaniya allaqachon uning rasmiy taqdimot sanasini ham rasman e’lon qilgan.

O‘QING: Rasman namoyish etilmagan Android 10 Q tizimining ishlashini «jonli» videoda ko‘ramiz!

Android 10 Q talqinidagi asosiy o‘ziga xosliklardan biri – butun tizim bo‘yicha amal qiluvchi tungi (to‘qrang) rejimdir. PhoneArena resursi mutaxassislari uning smartfon quvvatini qanchalik tejashiga oydinlik kiritish maqsadida tajriba o‘tkazib ko‘rishdi.

Testlar Google Pixel 3 qurilmasida, ekran yorqinligi o‘rtacha darajada sozlangan holda o‘tkazilgan. Tizimning o‘zidagi oldindan o‘rnatilgan ilovalar bilan ishlashda to‘qrang rejim hayratlanarli tarzda – 50 foizgacha tejamkorlik namoyon etgan. Ushbu tekshiruvlar jarayonida smartfon Wi-Fi tarmog‘iga ham ulangan holda bo‘lgan.

O‘QING: Android Q talqinida hatto iPhone egalari ham havas qiladigan funksiya bor!

Kontaktlar, raqam terish, sozlamalar va boshqa «o‘z» ilovalaridan foydalanilganida, tungi rejimdagi  Android 10 odatiy rejimga nisbatan 30 foiz kam energiya sarflagan:

Chet ilovalardan foydalanishda esa tejamkorlik nisbatan pastroq – 15 foizgacha, ammo shuyam baribir katta farq:

To‘g‘ri, to‘qrang rejimda akkumulyator quvvatining tejalishi faqat OLED-ekranli qurilmalar uchungina amal qiladi. Ammo baribir boshqa yangi funksiyalari sababli ham Android 10 Q talqinini barcha kutsa arziydi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Android Q tizimidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.