Android-gadjetlar uchun Apple ilova tayyorlayapti – g‘amxo‘rlikning siri nimada?

  •   DiMaX
  •  456
  •  05.06.2021 13:18

Android-gadjetlar uchun Apple ilova tayyorlayapti – g‘amxo‘rlikning siri nimada?

Kupertinolik korporatsiya bir necha yil kutilgan AirTag trekerini yaqinda taqdim etdi va biz uni videosi bilan e’lon qilganmiz. Biroq Apple’ning ziqnaligini qarang – qadoq jamlanmasida g‘ilof yo‘q va uni alohida xarid qilishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: AirTag uchun g‘ilof chiqdi – aksessuarning aksessuari smartfondan ham qimmat!

AirTag ko‘p narsalarda asqotishidan tashqari, uning yordamida birovlarni yashirin kuzatish ham mumkinligi boshida ko‘pchilikning xayoliga kelmagan edi. Tasavvur qiling: kimdir sizning cho‘ntagingizga, sumkangizga yoki mashinangizda shu trekerdan bittasini solib yuboradi va qayerlarga borganingizni o‘z iPhone’i orqali kuzatib yuradi...

Xullasi kalom, Apple shu kabi noqonuniy holatlarga sabab bo‘lmasligi uchun AirTag geo-mayog‘i uchun apdeyt chiqardi. Mazkur aksessuar ayfonga bog‘lanishi bilan ushbu yangilanish avtomatik tarzda unga o‘rnatiladi.

AirTag oldin o‘z egasidan (ya’ni – ulangan mobil qurilmadan) uzoqda uch kun qolib ketsa, qattiq tovushli signallar chiqarib, trevoga ko‘tarar edi. yangilanishdan so‘ng esa ushbu muddat qisqardi va treker 8 soatdan 24 soatgacha oraliqda signal chaladigan bo‘ldi. Bunda trevoga ko‘tarilishining vaqti tasodifiy – har gal turlicha bo‘ladi.

Bundan tashqari, Apple rasman tasdiqlashicha, Android tizimli qurilmalar uchun ham AirTag’ni sezuvchi ilova tayyorlamoqda. Kimdir sizga sezdirmasdan yoningizga AirTag solib yuborsa, ushbu ilova signal berib ogohlantiradi. Bu dastur 2021 yilning oxirigacha namoyish etilishini aytishmoqda.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!