Android Go tizimli Galaxy J4 Core chiqdi: arzon, lekin har ikkala kamerasi LED-chaqnoqli!

  •   DiMaX
  •  3314
  •  09.11.2018 12:32

Android Go tizimli Galaxy J4 Core chiqdi: arzon, lekin har ikkala kamerasi LED-chaqnoqli!

Samsung kompaniyasi o‘zining yangi – Galaxy J4 Core rusumli arzon telefonini namoyish qildi. Bu gadjet uning «yengillashtirilgan» Android Go tizimiga ega ikkinchi modelidir.

O‘QING: Samsung Galaxy J2 Core: kompaniyaning Android Go’da ishlaydigan ilk smartfoni

Yangi smartfon diagonaliga 6 dyuymlik, keng formatli TFT-displey bilan jihozlangan.  Uning tasvir aniqligi esa HD+ formatida, ya’ni 1480x720 pikselli. Galaxy J4 Core samaradorligi uchun 1.4 GGs takt chastotasida ishlovchi to‘rt yadroli protsessor mas’ul, ammo Samsung uning rusumini ma’lum qilmagan.

Qurilmaga 1 gigabaytlik tezkor va 16 gigabaytlik doimiy xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, microSD formatli karta yordamida uning xotirasini yana naq  512 gigabaytgacha kengaytirish mumkin.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung butun boshli iPad narxida yangi microSD-karta chiqardi!

Galaxy J4 Core asosiy kamerasi 8 megapikselli, selfi-kamerasi esa 5 megapikselli (har ikkalovining diafragmasi f/2.2) yakka modullardan iborat. Quvonarli tomoni – Samsung bu arzon smartfonning har ikkala kamerasini ham LED-chaqnoq bilan ta’minlagan.

Yangi arzon smartfonning afzalliklaridan yana biri – bunaqa texnik ta’minot uchun ancha sig‘imdor hisoblanuvchi – 3300 mA/soatlik akkumulyatoridir. Smartfon LTE tarmog‘ida 150 Mbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almasha oladi. Shuningdek, u Bluetooth 4.2 moduliga ega.

O‘QING: «Bo‘ydoqlar kuni»da AliExpress’dan katta chegirma bilan poverbank va quloqchinlar xarid qiling!

Galaxy J4 Core modeli Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqinining soddalashtirilgan versiyasi – Go Edition boshqaruvi ostida ishlaydi. Unga boshidanoq Google’ning shunga moslashtirilgan yengil ilovalari – Google Go, Google Maps Go, Gmail Go, YouTube Go, Google Assistant Go va hokazolar o‘rnatilgan.

Afsuski, Samsung hozircha Galaxy J4 Core narxini va qaysi mamlakatlar bozorlariga chiqarishini aytmagan. Ma’lum bo‘lgani shuki, ushbu smartfon qora, ko‘k va tillarang korpuslarda taqdim etiladi.

Janubiy koreyalik texnogigantning hozirgacha savdoga chiqqan ko‘plab modellardagi boshqa smartfonlarini esa 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn buyurtma bilan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.