Android Q tizimining yana bir noxush xususiyati aniqlandi!

  •   DiMaX
  •  1057
  •  09.07.2019 15:16

Android Q tizimining yana bir noxush xususiyati aniqlandi!

Qidiruv giganti o‘zining Android 10 Q operatsion tizimini kuzga yaqin foydalanuvchilarga butkul taqdim etadi. Hozircha esa ayrim smartfonlarda uning beta-talqinlarini sinab ko‘rish imkoni bor.

O‘QING: Android Q talqinida smartfonlarga zo‘r funksiya qo‘shilyapti – endi iPhone’larga havas qilmasangiz ham bo‘ladi!

Biroq o‘ninchi talqindagi Android operatsion tizimida Google o‘z foydalanuvchilarini ayrim imkoniyatlardan mahrum qilishi haqida yozganmiz. Beta-testerlarning ma’lum qilishicha, Android Q versiyasiga o‘tgan smartfonlar yana bitta «qiliq» chiqargan.

Ya’ni, agarda Android Q beta-versiyali qurilmaga chet launcher o‘rnatsangiz, uni ekrandagi ishoralar – jestlar orqali boshqarish ishlamay qolar ekan. Launcher o‘rnatilgach, tizim navigatsiya usuli o‘zgarganligi haqida ogohlantiradi va ishora bilan boshqarish o‘chadi, uni qayta faollashtirib ham bo‘lmaydi.

Ehtimol, bu – vaqtinchalik nuqsondir, yakuniy Android Q versiyasigacha Google uni tuzatar. Shuningdek, mazkur muammo grafik qobiqlarsiz – toza Android operatsion tizimli smartfonlardagina uchramoqda ekan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini yanada yaxshilovchi ideal launcher aniqlandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!