Android uchun «reaktiv» Firefox Lite 2.0 brauzeri chiqdi

  •   DiMaX
  •  970
  •  14.11.2019 16:30

Android uchun «reaktiv» Firefox Lite 2.0 brauzeri chiqdi

Mozilla kompaniyasi Android-qurilmalar uchun yengillashtirilgan Firefox Rocket versiyasini taqdim etgan edi. Keyinroq uning nomini Firefox Lite’ga o‘zgartirdi va endi yangi talqinda foydalanishga topshirdi.

O‘QING: Hamyonbop smartfonlar uchun ikkita yengil Android-brauzer

Aytish kerakki, ushbu mobil brauzer oddiy versiyada mavjud bo‘lmagan bir qator eksklyuziv funksiyalarga ega. Jumladan, unda foydalanuvchini qiziqtirayotgan tovarni Google, Amazon yoki eBay’dan izlash tugmachasi mavjud.

Mazkur brauzer Chromium kodiga asoslangan va bir qator ishlanmalarni o‘z ichiga olgan. Turbo rejimi, reklamalarni bloklash hamda veb-sahifani varaqlash yo‘li bilan yaxlit sahifadan skrinshot olish kabilar foydalanuvchiga juda ma’qul keladi.

O‘QING: Musulmonlarga mo‘ljallangan eng qulay brauzer bilan tanishing!

Firefox Lite 2.0 brauzerining o‘ziga yana katta miqdordagi kontent integratsiya qilingan. Shuningdek, dasturchilar unga yanada ko‘proq mini-o‘yinlar va yangiliklar manbalarini qo‘shishgan.

Mozilla mazkur brauzerini Google Play orqali hozircha faqat Indoneziya, Filippin, Hindiston, Xitoy va Tailand uchun taqdim etgan. Boshqa hududlardagi foydalanuvchilar qatori siz ham Firefox Lite 2.0 brauzerining APK-faylini mana bu havola orqali APK Mirror resursidan yuklab olishingiz va mustaqil o‘rnatishingiz mumkin.

O‘QING: Google Play Market ishlamay qolsa…