Android uchun Telegram X yangilandi – endi uni o‘zbek tiliga o‘girsangiz ham bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2095
  •  17.10.2018 16:07

Android uchun Telegram X yangilandi – endi uni o‘zbek tiliga o‘girsangiz ham bo‘ladi!

Yurtimizda eng ommaboplar messenjerning yangicha – Swift dasturlash tilida yozilgan Telegram X kliyenti ham keng tarqalayotir. Uning Android tizimli qurilmalarga mo‘ljallab chiqarilgan ilovasi barqaror 0.21.1.1009 talqiniga qadar yangilandi.

O‘QING: iOS uchun Telegram X ilovasi yangilandi: vCard, «3D touch» va boshqa imkoniyatlar!

Mazkur talqinda «yashil robotchali» qurilmalar egalari uchun bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan. Mana ulardan asosiylari:

  1. Ilova endi Android Pie tizimini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
  2. Ayrim klaviatura ilovalaridan turli mediafayllar (gif-animatsiyalar, stikerlar va boshqa) yuborsa bo‘ladi.
  3. Matn o‘lchamini sozlash imkoniyatlari kengaytirilgan.
  4. Qurilmaning asosiy jildidan fayllar yuborish imkoni bor, faqat buning uchun Root huquqi kerak.
  5. Ilova endi HTTP-proksi bilan ishlay oladi.
  6. Guruhlar/kanallarning tavsiflarini hamda ularga invayt-havolalarni tezkor tahrirlash imkoni bor.
  7. Tarjimonlar uchun ko‘proq tillar va jihozlar taqdim etilgan. Jumladan, endi Telegram X ilovasining interfeysini o‘zbek tiliga o‘girish imkoni ham bor, tarjima platformasiga ushbu havola orqali o‘tiladi.

Telegram X ilovasini Google Play katalogidan mana bu havola yordamida yuklab (yoki yangilab) olish mumkin.

O‘QING: Telegram’da matnlarni turli formatlarda yozish usullari