Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi! (+ikkita «jonli» video)

  •   DiMaX
  •  4864
  •  25.04.2020 13:08

Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi! (+ikkita «jonli» video)

Taniqli tadbirkor, Tesla hamda SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask fazoviy sayyohlik va Marsni egallashni rejalashtirgan. Nafaqat bular, balki u Starlink loyihasi doirasida butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashni ham niyat qilgan.

O‘QING: «Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

Astronomlar esa sun’iy yo‘ldosh orqali tashkil etiladigan internet fazoni tadqiq etishga to‘sqinlik qilishi haqida bong urishmoqda. Ilon Mask ular bilan tortishib yurgan bir paytda, Starlink sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishda davom etmoqda, ammo...

Joriy yilning 19 aprel kuni, mahalliy vaqt bilan kechki soat 21:20 larda Angliya janubi-sharqidagi Esseks hududi osmonida bir necha o‘nlab lipillovchi olovlar ko‘ringan:

Tabiiyki, uni ko‘rib cho‘chib ketgan kishilar turli taxminlar bildira boshlashgan – dastlab ularni meteorit yomg‘iri, deb o‘ylashgan. Uchayotgan olovlar bir chiziqqa terilib yuqoriga ko‘tarila boshlaganini ko‘rgach esa, ularni o‘zga sayyoraliklarning fazo kemalari – NUJlar, deya taxmin qilishgan. Keyinroq esa ularning SpaceX uchirgan sun’iy yo‘ldoshlar ekanligi ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Ilon Mask: Sayyoramizga bepul internet tarqatuvchi yo‘ldoshlar allaqachon «onlayn» holda! (+video)

Oradan uch kun o‘tib – 22 aprelda shunday holat Ukrainada ham takrorlangan. Mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da Kiyev aholisi osmonda uchib o‘tayotgan 17 ta yorqin jismni ko‘rishgan. Ukrainaliklar ham ularni noma’lum uchar jismlar, deya qabul qilishgan.

Aytish kerakki, Starlink loyihasi doirasida hozirgacha 422 ta sun’iy yo‘ldosh fazoga uchirilgan. Ularning 60 ta qurilmadan iborat oxirgi partiyasi 22 aprel kuni, Falcon 9 raketasida orbitaga yo‘llangan.

O‘QING: Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!