Anons yaqin: hamyonbop Galaxy A31 allaqachon Samsung rasmiy saytiga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2565
  •  07.03.2020 14:17

Anons yaqin: hamyonbop Galaxy A31 allaqachon Samsung rasmiy saytiga chiqdi!

Samsung kompaniyasi o‘rta narx toifasidagi Galaxy A31 smartfonini Geekbench servisida tekshirib ko‘rgani haqida yozgandik. U anchadan beri dunyo bo‘yicha eng ommaboplar reytingidan tushmay kelayotgan Galaxy A51 modelidan ham kuchli bo‘lyapti.

O‘QING: Galaxy A31 va Galaxy A41 ham baquvvat batareya, kuchli kameraga ega bo‘lyapti

Kompaniyaning Rossiyadagi mijozlarga texnik ko‘mak saytida hali rasman namoyish etilmagan, SM-A315F model raqamli smartfon paydo bo‘ldi. Bu o‘sha – MediaTek kompaniyasining dastlab Helio P65 deb atalgan, keyinroq Helio G70 nomini olgan ilg‘or chipseti bazasida ishlovchi Galaxy A31 rusumli qurilmadir.

Galaxy A31 akkumulyatori 5000 mA/soatlik, tezkor kamerasi 4 gigabaytlik, doimiysi esa 64/128 gigabaytlik bo‘lishi aytilmoqda. Uning bosh kamerasi uch modulli bo‘lib, asosiy sensori 48 megapiksellik aniqlikda.

Rasmiy saytga chiqib ulgurganiga qaraganda, Samsung Galaxy A31 yaqin haftalar ichida namoyish etilsa kerak. Kompaniya uning uchun Yevropada taxminan 250 yevro miqdorida narx belgilashi kutilmoqda.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra tannarxi hisoblandi – Samsung uni necha baravar qimmatga sotyapti?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!