AnTuTu’da rekord o‘rnatgan OnePlus 6’ni batafsil tomosha qilamiz! (+video)

  •   DiMaX
  •  2308
  •  23.03.2018 10:50

AnTuTu’da rekord o‘rnatgan OnePlus 6’ni batafsil tomosha qilamiz! (+video)

Garchi dunyoda eng mashhur smartfonlar – kupertinolik gigantning iPhone hamda janubiy koreyalik gigantning Galaxy turkumidagi qurilmalari bo‘lsa-da, turli jihatlariga ko‘ra eng kuchli telefonlarni baribir xitoyliklar chiqarmoqda. Jumladan, OnePlus kompaniyasi bu borada ko‘pchilikdan ilgarilab ketgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: OnePlus 5T hatto iPhone X va Samsung Galaxy S8’dan ham zo‘r chiqdi!

Ushbu ishlab chiqaruvchi bu yil OnePlus 6 modelini taqdim etishi kutilmoqda. Yaqinda mazkur qurilmaning prototipi AnTuTu benchmarkida sinovdan o‘tkazib ko‘rildi va hayratlanarli natijani qayd etdi.

Ko‘rib turganingizdek, A6000 model raqami ostida testdan o‘tkazilgan OnePlus 6 smartfoni prototipi rekord darajada – 276510 ball to‘pladi. Bu bilan u ushbu benchmarkdagi oldingi rekord – hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi Mix 2S to‘plagan 270461 ball ko‘rsatkichidan ham oshib o‘tdi.

Aytish kerakki, ekrani iPhone X dizaynida bo‘lgan OnePlus 6 smartfonining «jonli» suratlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: OnePlus’ning «kemtik»li ekranga ega yangi flagmanini ilk «jonli» suratda ko‘ring!

Endi esa, Science and Knowledge nomli YouTube-kanal mualliflari insayderlik ma’lumotlari asosida OnePlus 6 flagmanining render suratlari va videosini ishlab chiqishdi. Ularning talqinida ushbu smartfon iPhone X’ning navbatdagi Android-nusxasi bo‘lib qolgan – «o‘yiq»li displey va tikka joylashgan qo‘shaloq kamera xuddi kupertinoliklarning superflagmanidagi kabi. Faqat bu modelda barmoq izi skaneri korpusning orqa panelida bo‘lmaydi, balki uni displeyning o‘ziga integratsiya qilishadi.

OnePlus 6 smartfonining Optic AMOLED-ekrani diagonaliga 6,28 dyuym o‘lchamga ega, piksellar zichligi 2280x1080 ga teng (FHD+ formatida). U hozirda eng ilg‘or bo‘lib turgan Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi. Qurilmaning tezkor xotirasi 8 gigabayt hajmga ega bo‘ladi.

O‘QING: Eng kuchli Android-smartfonlar (fevral bo‘yicha AnTuTu talqini)

Keling, Science and Knowledge dizaynerlari talqinidagi OnePlus 6 smartfonini videoda tomosha qilamiz:

OnePlus 6’ning 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega varianti 749 AQSh dollari narxida sotuvga chiqarilishi taxmin qilingan.

O‘QING: OnePlus 5T: kuchli Android-flagman ikki barobar arzon!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!