AnTuTu’da yangi rekord: ZTE Axon 10 Pro 5G bunga qanday erishdi?

  •   DiMaX
  •  1168
  •  20.04.2019 09:46

AnTuTu’da yangi rekord: ZTE Axon 10 Pro 5G bunga qanday erishdi?

ZTE kompaniyasi shu yil fevralda, MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida o‘zining yangi – Axon 10 Pro 5G flagmanini ilk bora jamoatchilikka ko‘rsatgan edi. Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llashi nomidan ham ko‘rinib turgan mazkur smartfonning to‘laqonli taqdimoti 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Trampdan Xitoyga «javob»: endi u Huawei va ZTE uskunalarini sotib olishni ta’qiqlaydi.

Hali rasman namoyish etilmasidan turib, ushbu qurilmaning AnTuTu servisidagi sinovi natijalari internetga chiqqan:

Buni qarangki, Axon 10 Pro 5G o‘zining eng tezkor smartfon bo‘layotganini namoyish etgan – u hatto kuni kecha mazkur benchmarkda barcha flagmanlarni yenggan yurtdoshidan ham yuqori natija ko‘rsatgan!

O‘QING: AnTuTu testida iPhone XS Max, Galaxy S10+, Mi 9 va boshqalarni «yer tishlatgan» yangi flagman bilan tanishing!

AnTuTu’ning yangi rekordchisi Qualcomm Snapdragon 855 protsessoriga ega, ammo boshqa smartfonsozlarning flagmanlarida ham shu chip qo‘llanadi-ku! Demak, ZTE Axon 10 Pro 5G modelining siri boshqa yoqda ekan va bunga aniqlik kiritilgan ham.

Gap shundaki, mazkur flagmanda ilk bora SD855 protsessori bilan birgalikda yangicha turdagi – F2FS fayllar tizimi qo‘llangan. U flesh-xotira samaradorligini oshirish uchun Samsung tomonidan ishlab chiqilgan, ammo janubiy koreyalikning o‘zi negadir flaganlarida uni qo‘llamagan. Galaxy S10 va boshqa aksariyat flagmanlarning doimiy xotirasi ext4 turidagi fayllar tizimiga ega. To‘g‘ri, Google Pixel 3 flesh-xotirasi ham yangicha va tezkor F2FS turiga mansub, ammo bu smartfonning «elektron yuragi» eski modeldagi – Snapdragon 845 protsessoridir.

Axon 10 Pro 5G ustunligining yana bir sababi – unda 64 qatlamli 3D NAND Sandisk iNAND 8521 mikrosxemalar qo‘llangan. Uning tezkorligi evaziga ZTE’ning yangi flagmani soniyasiga 486 megabitlik tezlikda ma’lumot almasha oladi. Bu toifadagi boshqa smartfonlarning AnTuTu’da qayd etilgan ma’lumot almashish tezligi esa o‘rtacha 200-250 MB/soniyaga teng.

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Mana, turli kompaniyalar flagmanlarining AnTuTu’da ko‘rsatgan eng yuqori natijalari reytingi:

Demak, zamonamizning eng tezkor smartfoni – ZTE Axon 10 Pro 5G taqdimoti yaqin, bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: AnTuTu narxiga munosib smartfonlar reytingini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!