AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» yangi rekordchi chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  1334
  •  13.04.2020 13:48

AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» yangi rekordchi chiqyapti!

AnTuTu benchmarkida hozirgacha eng yuqori – 606 389 ball olgan smartfon Oppo Find X2 Pro bo‘ladi. Ammo eng kuchli smartfonlarni aniqlagan AnTuTu global reytingiga Xitoy bozoridagi eng kuchli o‘nta flagmandan birortasi ham kirmagan.

O‘QING: Meizu 17 taqdimotdan avval AnTuTu’da: lider emas, lekin TOP-o‘ntalikda!

Oppo kompaniyasi bugun, ya’ni 13 aprel kuni boshqa seriyadagi – Oppo Ace 2 flagmanini taqdim etyapti. O‘tgan haftada uning AnTuTu imtihonida 560 000 balldan oshiq natija ko‘rsatgani haqida ma’lumot chiqqandi. Ammo ishlab chiqaruvchi e’lon qilgan rasmiy videorolikka ko‘ra, mazkur benchmarkda u naq 627 553 ball bilan rekord o‘rnatgan!

Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor: Oppo Ace 2 (yoki Oppo Reno Ace 2) ushbu testda dastlab 615 984 ball olgan. Keyin esa smartfonni muzlatgich ichiga joylab, qaytadan AnTuTu sinovini o‘tkazishganida, u yanada yuksak – 627 553 ballik natija ko‘rsatgan!

 

Oppo Ace 2 flagmani Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 protsessori bazasiga qurilgan. Uning ekranida tasvir yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lsa, sensor qatlami 180 gerslik chastotada yangilanadi. Smartfonni 4D-sovitish tizimi, to‘laqonli stereodinamiklar bilan ta’minlashgan hamda Dolby Atmos texnologiyalari bilan boyitishgan.

Ishlab chiqaruvchi Ace 2 smartfoniga 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik bosh kamera o‘rnatgan. Xaridorlarga uni 8 va 12 gigabaytlik tezkor, 128 va 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega variantlarda taklif etishadi.

O‘QING: O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)