Apple AirPods odamning hazm qilish tizimidan o‘tib, ishlayotgan holatda chiqdi!

  •   DiMaX
  •  979
  •  04.05.2019 10:58

Apple AirPods odamning hazm qilish tizimidan o‘tib, ishlayotgan holatda chiqdi!

Tayvanlik Ben Syuy (Ben Hsu) qulog‘ida Apple AirPods quloqchinlari bilan uxlab, uyg‘onganida ulardan birini topolmadi. iPhone orqali Find My AirPods funksiyasi yordamida izlab, uning shu xonada ekanini aniqladi, ammo ko‘rinmas edi.

O‘QING: Ishlab turgan Apple AirPods quloqchini portlab ketdi

Shuningdek, foydalanuvchi quloqchinni izlaganda chiqadigan tovushni ham eshitdi, ammo AirPods ko‘rpa ostida ham yo‘q edi. Shunda e’tibor berib, u ovozning o‘z qornidan chiqayotganini angladi!

Ben Syuy qornida biror og‘riq yoki noxushlik sezmasa-da, kasalxonaga murojaat etdi. Rentgen tekshiruvi AirPods’ning joylashuviga aniqlik kiritdi: u allaqachon oshqozonda «sayr qilayotgan» ekan:

Shifokorlar uni operatsiya qilishga shoshilishmadi – ozroq kutilsa, quloqchin hazm qilish tizimidan o‘tib, tabiiy yo‘l bilan chiqishi mumkin edi. Shunday bo‘ldi ham – tegishli vaqtdan so‘ng AirPods bus-butun chiqdi. Ben Syuy uni yuvib, tekshirib ko‘rsa, quloqchin nafaqat ishlayapti, balki hali 41 foiz quvvati ham borligi ma’lum bo‘ldi.

E’tibor bering: Apple AirPods rasman hech qanday darajada IP himoyasiga ega emas, ammo amalda u yaxshigina muhofazalangan bo‘lib chiqdi!

O‘QING: Bu smartfon ko‘l tubida 2 hafta yotganidan so‘ng ham ishlayverdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!