Apple – AQSh g‘ururi, lekin reytingda kuchli uchlikni boshqa kompaniya smartfonlari band etdi!

  •   DiMaX
  •  1432
  •  20.05.2020 17:35

Apple – AQSh g‘ururi, lekin reytingda kuchli uchlikni boshqa kompaniya smartfonlari band etdi!

American Customer Satisfaction Index (ACSI) tashkiloti foydalanuvchilarning o‘z smartfonlaridan qoniqqanlik darajasini aniqlovchi yillik tadqiqot natijasini e’lon qildi. Unda kutilmagan ko‘rsatkichlar aks etgan.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Ma’lum bo‘lishicha, amerikaliklar umumiy hisobda milliy kompaniya – Apple smartfonlarini ko‘proq yaxshi ko‘rishar ekan. ACSI so‘rovnomasida bu kompaniya bultur 100 ballik tizimda 81 ball olgan bo‘lsa, bu yil mazkur ko‘rsatkich 82 ballga yetgan. Uning ashaddiy raqibi – Samsung esa joriy yilda 81 ballik natijaga erishgan. Foydalanuvchilar ko‘proq iPhone 11 hamda iPhone 11 Pro modellarining avtonomligi oshirilganidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashgan.

Lekin har bir modeldagi smartfondan egalari qoniqish hosil qilganligi bo‘yicha reytingga kelganda, Samsung smartfonlari barcha iPhone’larni ortda qoldirgan! Mana, ro‘yxatga nazar solamiz:

Ko‘rib turganingizdek, egasining qoniqish hosil qilishi reytingida Samsung Galaxy Note 9 fableti 85 ball bilan yetakchi bo‘lgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni ham shu kompaniyaning tegishlicha Galaxy S9+ hamda Galaxy S10 smartfonlari, bir xilda 84 ball bilan band etgan.

Aytish kerakki, iPhone XS Max ham ular bilan teng ko‘rsatkich namoyon etgan. O‘tgan yilgi ayfonlardan iPhone 11 hamda iPhone 11 Pro Max modellari 82 ball olgan bo‘lsa, iPhone 11 Pro modeli 81 ballik ko‘rsatkichga ega.

O‘QING: Apple rahbari iPhone SE 2020’ning istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.