Apple barcha xizmatlarni bitta imzoga birlashtirmoqchi

  •   Saroy
  •  835
  •  30.06.2018 14:34

Apple barcha xizmatlarni bitta imzoga birlashtirmoqchi

Apple kompaniyasi kengaytirilgan imzo chiqarishni rejalashtirmoqda, u barcha alohida pullik xizmatlarni birlashtiradi.  “Olma”chilarning rejalaridan boxabar bo‘lgan  bir yo‘la bir nechta manbalar shu haqda ma’lum qilmoqda.

Bitta imzo ostida foydalanuvchi Apple Music va iCloud, Apple TV  uchun videokontent va Apple News’ning gazeta jrnallariga obuna bo‘lish xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

O‘QING: Apple va Samsung: nihoyat yarashishga qaror qilishdi

Kutilishicha, bunday imzo kelasi yildanoq paydo bo‘ladi, ya’ni bu, Apple News’ning Texture  — bundan bir necha oy avval Apple sotib olgan gazeta va jurnallarga chegarasiz obuna bo‘lish xizmati bilan birlashganidan so‘ng ro‘y beradi.

Bundan xizmatlar to‘plami qancha turadi, bunisi hali noma’lum.

Darvoqe, Amazon xuddi shu tizimda ishlaydi. Foydalanuvchilar yillik Prime Services’ga 119 dollarga obuna bo‘lishi mumkin va bir yo‘la bir nechta ilovalar va xizmatlardan foydalana oladi.

O‘QING: Apple barcha xohlovchilar uchun iOS 12’ni taqdim etdi – uni hoziroq o‘rnatish mumkin!

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.