Apple kutilmaganda iPhone’lar egalarini muhim bir imkoniyatdan mahrum etdi

  •   DiMaX
  •  743
  •  02.04.2020 14:01

Apple kutilmaganda iPhone’lar egalarini muhim bir imkoniyatdan mahrum etdi

Kupertinolik texnogigant yaqinda o‘z smartfonlari uchun iOS 13.4 talqinidagi proshivkani tarqata boshlagan edi. Ammo uni o‘rnatib olgan turli rusumlardagi iPhone’lar foydalanuvchilari bitta muammodan shikoyat qilishmoqda.

O‘QING: iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max ishonchni oqlay olmadi!

Muammo Apple’ning videoqo‘ng‘iroqlar ilovasi – FaceTime dasturida kuzatilmoqda. iOS 13.4’gacha yangilangan ayfonlar egalari ushbu messenjer orqali iOS 9.3.6 va undan oldingi versiyalarda ishlovchi iPhone’larga qo‘ng‘iroq qila olishmayapti.

O‘tgan hafta chiqqan macOS 10.15.3 proshivkasi o‘rnatilgan Mac kompyuterlarida ham xuddi shunday muammo kuzatilmoqda – ulardan iPhone’ga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmayapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda va forumlarda ayfon foydalanuvchilari mazkur muammodan nolib yozishmoqda. Apple esa hozircha bunga biror munosabat bildirmayapti. Shu boisdan tushunish qiyin bo‘lyapti: eski proshivkalardagi ayfonlarga qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmasligi – shunchaki dasturiy ta’minotdagi xatolikmi, yoki Apple’ning o‘zi ataylab FaceTime orqali eski smartfonlariga qo‘ng‘iroq qilishni cheklaganmi?

Hozircha FaceTime ilovasidagi muammoni hal etishning yagona yechimi smartfon proshivkasini iOS 13.3.1 talqiniga qaytarish bo‘lib turibdi.

O‘QING: Nihoyat, Apple rasmiy saytiga iPhone 9 chiqdi: kutilganidan ancha qimmat!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!