Apple’ning keyingi ikki yildagi eng xaridorgir gadjetlari aniqlandi – bu iPhone ham, iPad ham emas

  •   DiMaX
  •  1335
  •  25.08.2018 14:43

Apple’ning keyingi ikki yildagi eng xaridorgir gadjetlari aniqlandi – bu iPhone ham, iPad ham emas

Ceros platformasi mutaxassislari maxsus tadqiqot o‘tkazib, kupertinolik texnogigantning keyingi ikki yilda eng ko‘p sotilgan mahsulotini aniqlashdi. Buning uchun AQSh va Kanada bozoridagi maishiy elektronika do‘konlarining eng yirik tarmog‘i – Best Buy taqdim etgan ma’lumotlardan foydalanildi.

O‘QING: Apple Store’ga salkam bir kilogramm narkotik modda yetkazib berishdi!

Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilning boshida eng ko‘p sotilgan Apple mahsuloti – bir metrlik Lightning-to-USB 2.0 kabeli bo‘lgan. Ko‘pchilik «tishlangan olmali» gadjetlar ishqibozlari ayni shu aksessuarni tez-tez buzib yoki yo‘qotib qo‘yishlari bunga sababchi ekan.

Xaridorgirligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Earpods simli quloqchini zabt etgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onada Apple TV mediapleyeri turibdi. Yil davomida dastlabki ikki devays o‘zaro o‘rin almashgan, uchinchi o‘rin uchun esa Apple TV bilan birga 8 GB tezkor xotirali MacBook Air noutbuki kurashishgan.

O‘QING: Apple’dan arzon noutbuklar? Ishonish qiyin

2017 yilning ikkinchi choragida Lightning-to-USB 2.0 kabeli ommaboplik shohsupasidan tushgan va bunga iPhone 7 chiqishi sabab bo‘lgan. Zero, Apple ushbu smartfonda 3,5 millimetrlik tirqishdan voz kechgan va natijada shunday portga ulanuvchi adapter eng xaridorgir mahsulotga aylangan. Lightning-to-USB 2.0 kabeli esa ikkita chorakdan so‘ng uchinchi o‘ringa tushib qolgan, 2017 yilning to‘rtinchi choragiga kelib esa ikkinchi o‘ringa AirPods simsiz quloqchini chiqib olgan.

Ushbu tendensiya davom etib, 3,5 millimetrlik hamda Lightning portli adapter asta-sekinlik bilan ommabopligini yo‘qotgan va ayni damda AirPods kupertinolikning eng xaridorgir mahsuloti hisoblanadi.

O‘QING: AirPods kutilmagan texnologiyaga ega bo‘ladi