Apple qanday gadjetlar bozorida Xiaomi’dan oldinga o‘tib oldi?

  •   DiMaX
  •  1380
  •  21.12.2017 11:25

Apple qanday gadjetlar bozorida Xiaomi’dan oldinga o‘tib oldi?

Canalys tahlil kompaniyasi 2017 yilning iyul, avgust va sentyabr oylarida taqiluvchi gadjetlar sohasi bo‘yicha yakunlarni ma’lum qildi. Manbaning xabar qilishicha, uchinchi chorak mobaynida dunyo bo‘yicha 17,3 millionta taqiluvchi elektron devays sotilgan.

Aytish kerakki, avvalroq Xiaomi kompaniyasi taqiladigan elektronika vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha Apple’dan o‘zib, jahondagi yetakchi brendga aylangan edi. Endi esa kupertinolik gigant yana birinchilikni xitoylik kompaniyadan tortib oldi.

O‘QING: Xiaomi bu gadjet bozorida Apple’dan o‘zib, liderga aylandi

Xullas, joriy yilning iyul–sentyabr oylarida taqiluvchi qurilmalar – «aqlli» soatlar va trekerlar bozorining yetakchilari ro‘yxati hamda ularning bozordagi ulushi quyidagi jadvalda aks ettirilgan:

O‘rin

Kompaniya

Ulushi

1

Apple

23%

2

Xiaomi

21%

3

Fitbit

20%

4

Huawei

6%

5

Samsung

5%

 

Qolganlari

25%

Bundan tashqari, dunyo bo‘yicha eng ko‘p xarid qilinayotgan smart-soatlar ham e’lon yilingan. Quyidagi jadvalda ularning modellari va nechta dona sotilgani haqida ma’lumot berilgan:

O‘rin

Model

Sotilgan

1

Apple Watch

3,9 millionta

2

Samsung Gear S3

0,5 millionta

3

Huawei Watch 2

0,2 millionta

Ko‘rib turibsizki, har ikkala jadvalda ham «olmali» korporatsiya yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan. Zero, Apple hamisha oldingi safda yurishga odatlangan, qolganlar esa ko‘pincha unga ergashib yoki u bilan raqobatlashib yangi texnologiyalarga qo‘l urishadi.

O‘QING: Shveysariyaliklar Apple Watch’ga javoban «anti-aqlli soat» ishlab chiqarishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!