Apple reklamani «ilib qo‘ydi»: u CES 2019 qatnashchilarini masxara qilmoqda!

  •   DiMaX
  •  1470
  •  07.01.2019 10:30

Apple reklamani «ilib qo‘ydi»: u CES 2019 qatnashchilarini masxara qilmoqda!

Shu kunlarda Las-Vegas shahrida yilning muhim tadbirlaridan biri – Consumer Electronics Show ko‘rgazmasi boshlanmoqda. Apple unda ishtirok etmaydi; odatda mazkur korporatsiya bu kabi tadbirlarga qatnashmasdan, o‘zi alohida taqdimot tadbirlari uyushtiradi.

O‘QING: CES 2019’da Samsung nimalarni ko‘rsatmoqchi? (SPOYLER: bu ro‘yxatda birortayam smartfon yo‘q!)

O‘zi ko‘rgazmada qatnashmayotgani kamlik qilgandek, Apple mazkur tadbir ishtirokchilarini kalaka qilmoqda. Kupertinolik gigant CES 2019 bo‘lib o‘tadigan Las-Vegas shahridagi SpringHills mehmonxonasi devorini reklama uchun ijaraga olgan.

Apple bu devorga: «What happens on your iPhone, stays on your iPhone», ya’ni «Ayfoningizda yuz bergan hamma narsa ayfoningizning o‘zidagina qoladi» yozuvli ulkan reklama bannerini ilib qo‘ygan. Bu esa G‘arbda mashhur bo‘lgan «Vegasda yuz bergan hamma narsa Vegasning o‘zidagina qoladi» naqlining parodiyasidir.

Bannerda mazkur yozuv ostida kompaniya saytidagi xavfsizlik ma’lumotlari berilgan sahifa manzili – apple.com/privacy ham tushirilgan. Aytish kerakki, Las Vegas Convention Center’da bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmaning barcha qatnashchilari va tashrif buyuruvchilari Apple’ning mana shu reklamasini albatta ko‘rishadi. Kupertinoliklar bu bilan o‘zining iPhone’lari ma’lumotlar xavfsizligi borasida Android-smartfonlardan ustun ekanligini yana bir bor ta’kidlab, CES 2019’ga kelganlarga buni eslatib qo‘yishmoqda.

O‘QING: Huawei biryo‘la Samsung va Apple’ni masxaraladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!