Apple sababli OnePlus 6T rejalashtirilganidan oldinroq taqdim etiladi

  •   DiMaX
  •  367
  •  20.10.2018 10:16

Apple sababli OnePlus 6T rejalashtirilganidan oldinroq taqdim etiladi

OnePlus kompaniyasi o‘zining eng qimmat flagmanini tayyorlaganidan va uning rasmiy namoyishi 30 oktyabrga belgilanganidan xabaringiz bor. To rasmiy ma’lumot chiqquniga qadar esa uning 17 oktyabrda ko‘rsatilishi kutilayotgan edi.

O‘QING: 17 oktyabrda namoyish etiladigan OnePlus 6T flagmanini MUTLAQO BEPUL olasizmi?

Xitoylik kompaniya OnePlus 6T modelining taqdimot marosimni Nyu-York shahrida o‘tkazishi haqida yozganmiz. Lekin bu tadbirni rejalashtirilganidan bir kun avval – 29 oktyabr sanasiga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. Buning sababchisi esa kupertinolik texnogigant bo‘lib chiqayotir.

Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha, aynan 30 oktyabr kuniga Apple ham ko‘rgazma belgilagan – u ham o‘zining yangi mahsulotlarini namoyish etmoqchi. Shu sababli OnePlus 6T taqdimoti bir kun oldinga surildi.

OnePlus 6T savdosi esa 5 noyabrda boshlanishi rejalashtirilgan. Sotuvlarning boshlanish sanasi ham ilgariroqqa suriladimi yo yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum.

O‘QING: Android 9 Pie tizimli «flagmanlar kushandasi» – OnePlus 6T benchmarkda imtihon topshirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!