Apple shu oyda yana ikkita hamyonbop ayfon chiqaradi, ulardan biri iPhone SE 2 bo‘lishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1533
  •  13.10.2018 15:28

Apple shu oyda yana ikkita hamyonbop ayfon chiqaradi, ulardan biri iPhone SE 2 bo‘lishi mumkin!

Kupertinolik gigantning 2016 yili taqdim etilgan iPhone SE smartfonining yangilangan modeli bu yil chiqishi mumkinligi borasida juda ko‘p xabarlar tarqalgan edi. Uning turli «jonli» suratlari va videolarigacha chiqqandi, ammo Apple’ning yozgi tadbirida ularning bari bekor gap bo‘lib chiqdi.

O‘QING: Romsiz iPhone SE 2: ushalmas orzuga aylandi

Lekin oxirgi kunlarda aniqlangan ba’zi ma’lumotlar kupertinolik gigantning 2018 yilda yana ikkita iPhone chiqarishidan dalolat berayotir. iOS 12.1 beta-versiyasining proshivka kodini o‘rganib chiqqan dasturchi Gilerme Rembo unda ikkita yangi ayfonga ishora borligini aniqladi.

Ushbu ikkita – iPhone 9,8 va iPhone 9,9 modellarining identifikatori shu paytgacha chiqqan birorta iOS versiyasida yo‘q edi. Yaqinda taqdim etilgan iPhone XS, iPhone XS Max va iPhone XR esa iOS kodida «iPhone 11» tarzida eslangan. Demak, topilgan yangi identifikatorlar endi namoyish etiladigan ayfonlarga tegishli.

Darvoqe, aniqlangan identifikatorlarning tartib raqami Apple flagmanlarinikidan past. Bu esa yangi smartfonlarning ulardan pastroq – o‘rta narx toifasiga mansub ekanligidan dalolatdir.

O‘QING: iPhone va iPad quvvatini tejashning osongina yo‘li topildi!

Yangi ayfonlar chiqishidan dalolat beruvchi yana bir holat: iPhone XS, iPhone XS Max va iPhone XR modellarini taqdim etgach, Apple kompaniyasi biryo‘la ikkita smartfoni – iPhone X hamda iPhone SE’ni savdodan olib tashladi. Gap shundaki, bulturgi – yubiley superflagmani yangi flagmanlar savdosiga xalaqit berishi mumkin edi, endi xaridorlar uning o‘rniga bu yilgi flagmanlardan olishlari mumkin. Ammo savdodan olingan iPhone SE o‘rniga shunday hamyonbop ayfon hozircha chiqarilmadi – demak, uning yaqin orada taqdim etilishi mantiqan to‘g‘ri.

Apple korporatsiyasi oktyabrning oxirida iPad Pro 2018 taqdimotiga bag‘ishlangan yana bitta ko‘rgazma o‘tkazadi. Yangi – hamyonbop ayfonlar ham shu tadbirda namoyish etilishi mumkin.

Sentyabrda taqdim etilgan ayfonlarni va kupertinolikning boshqa ayrim modellardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda, onlayn usulda xarid qilish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: Chegirmali iPhone Xs, Xs Max va boshqa ayfonlarni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 9 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!