Apple tasodifan rasmiy saytida iPhone 9’ni namoyish etdi!

  •   DiMaX
  •  1592
  •  10.09.2018 10:51

Apple tasodifan rasmiy saytida iPhone 9’ni namoyish etdi!

Kupertinolik texnogigant 12 sentyabrdagi tadbirida turli gadjetlari qatorida uchta modeldagi yangi smartfonlarini ham namoyish etmoqchi. Lekin ularning suratlari, narx va xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar tarqalib ulgurgan. Hatto onlayn do‘konlar allaqachon ularga buyurtma ham qabul qila boshlashgan.

O‘QING: Hali rasman namoyish etilmagan yangi iPhone’larni hoziroq xarid qilish mumkin!

Endi esa Apple korporatsiyasining o‘zi ham yangi – iPhone 9 modelini bilmasdan o‘z saytida chiqarib yubordi. Aniqrog‘i – kompaniya xodimlari xatolik tufayli ushbu tayyor sahifani ommaviy qilib qo‘yishgan, keyin buni payqab qolib, tezda yana yashirishgan. Ammo bungacha chaqqon kuzatuvchilar undan skrinshot olib ulgurishgan. Shuning sharofati bilan sizu biz endi Apple’ning bu yilgi hamyonbop ayfoni avval aytilganidek iPhone XC emas, balki iPhone 9 deb nomlanishini aniq bilib oldik.

Mana o‘sha sahifadan olingan suratlardan biri:

Demak, LCD-displeyga ega mazkur smartfon kamida besh xil tusdagi korpuslarda chiqariladi, ulardan Spicy Orange va Cobalt Blue yangi ranglar hisoblanadi. Avvalroq ushbu modelning uch xil tusdagi korpusga ega namunalari «jonli» suratlarda (faqat boshqa nom ostida) namoyish etilgandi.

O‘QING: Uchta rangdagi hamyonbop iPhone XC’ni ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Shuningdek, iPhone 9 modeli 18 vattlik tezkor quvvatlash funksiyasiga ham ega bo‘lishi kutilmoqda. Zero, smartfonga mos keluvchi aksussuarlar ro‘yxatida USB-C 18W quvvatlash adapteri ham ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Apple saytida endi iPhone 9, iPhone X, iPhone XS va iPhone XS Plus modellarini o‘zaro solishtirish imkonini beruvchi maxsus sahifa ham bo‘ladi.

Kupertinolik texnogigantning shu paytgacha bozorga taqdim etgan aksariyat ayfonlarini esa mana bu havola orqali Terashop.uz internet-do‘konimizda, tegishli muddatli kafolati bilan onlayn xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone va boshqa smartfonlar qimmatlashadi: sabab?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!