Apple ularning iPhone ishlatishini qat’iyan taqiqlagan!

  •   DiMaX
  •  2597
  •  26.02.2020 17:02

Apple ularning iPhone ishlatishini qat’iyan taqiqlagan!

Yaqinda bo‘lib o‘tgan «Oskar» taqdirlash marosimida «Pichoqlarni chiqaring» («Dostat noji» – «Knives Out») filmi «Eng yaxshi original ssenariy» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgandi. Uning rejissyori Rayan Jonson esa o‘z intervyusida iPhone’lar haqida, aniqrog‘i – ularning kinoda ko‘rsatilishi bilan bog‘liq Apple siyosati xususida qiziq ma’lumotni oshkor etgan.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Rejissyorning aytishicha, o‘z smartfonlarining kinoda qo‘llanishiga ruxsat beradi, faqat salbiy qahramonlar uchun emas.

«Yana bir g‘alati narsa, bilmadim, bu haqda gapirishim to‘g‘rimi yoki yo‘qmi… Ehtimol, bu ma’lumotni aytganim mening keyingi filmlar ustida ishlashimga zarar yetkazar. Shunga qaramasdan, men baribir aytaman, chunki bu juda qiziqarli. Apple filmlarda iPhone ishlatilishiga rozilik beradi, ammo bunda salbiy qahramonlar kadrda ayfon bilan ko‘rinmasliklari kerak», – degan Jonson.

Apple o‘z qurilmalari ishtirokidagi tasvirlarning foydalanishi bo‘yicha qat’iy qoidalari bilan mashhur. Masalan, kompaniyaga qarashli tovar belgilari va mahsulotlar faqat «mahsulotga ijobiy ta’sir etuvchi eng yaxshi rangda, eng yaxshi usul yoki kontekst bilan» aks ettirilishi mumkin.

Rayan Jonson taqdim etgan ushbu ma’lumotdan so‘ng, filmlarda yovuz niyatli kishilarni endi qo‘lidagi smartfoni orqali ham ozmi-ko‘pmi farqlash mumkin bo‘ladi, nima dedingiz?

O‘QING: Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.