Apple yangilangan MacBook Air hamda MacBook Pro noutbuklarini taqdim etdi – o‘zgarishlar katta!

  •   DiMaX
  •  2989
  •  10.07.2019 11:16

Apple yangilangan MacBook Air hamda MacBook Pro noutbuklarini taqdim etdi – o‘zgarishlar katta!

2018 yilning 30 oktyabrida Apple o‘zining an’anaviy kuzgi ikkinchi matbuot anjumanini o‘tkazgandi. Unda Apple bir qator yangi gadjetlarini, jumladan, yangi avlod MacBook Air noutbukini rasman namoyish qilgan.

O‘QING: Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

Kuni kecha kupertinolik kompaniya o‘zining MacBook Air va MacBook Pro noutbuklar turkumini yangiladi. MacBook Air noutbukining Retina displeyi endi True Tone texnologiyasiga ega bo‘ldi, MacBook Pro’ning esa eng arzon versiyasida ham Touch Bar sensor paneli mavjud.

2017 yildan buyon yangilanmay kelayotgan MacBook Pro bazaviy modeli yangi talqinda ko‘plab o‘zgarishlar bilan taqdim etildi. Apple unga Touch Bar panelini hamda Touch ID barmoq izi skanerini o‘rnatgan. Noutbuk True Tone texnologiyasiga ega Retina displey hamda Apple T2 xavfsizlik chipi bilan ham ta’minlangan.

Bulardan tashqari, MacBook Pro sakkizinchi avlod, to‘rt yadroli Core i5 protsessoriga o‘tkazilgan. Uning 128 gigabaytlik xotiraga ega versiyasi 1299 dollardan, 256 gigabaytligi esa 1499 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotiladi.

True True displeyiga ega MacBook Air noutbukining narxi esa 1099 dollardan boshlanadi.

Aytish kerakki, 2017 yilgi, 13,3 dyuymlik ekranga ega MacBook Air noutbukini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 8 168 000 so‘mga sotib olish mumkin. Agar bu qimmatlik qilsa, u yerdan turli rusumlardagi Asus, Acer, Lenovo, HP va Dell noutbuklarini 2 075 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Eng xavfli noutbukka ham xaridor topildi – u rekord narxda sotildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!