Apple’ning eng yangi gadjetiga g‘ilof olish shartmas – bittagina drel bo‘lsa bas!

  •   DiMaX
  •  947
  •  03.05.2021 14:38

Apple’ning eng yangi gadjetiga g‘ilof olish shartmas – bittagina drel bo‘lsa bas!

Bir necha yil kutilgan AirTag trekerini Apple yaqinda taqdim etdi va biz uni videosi bilan e’lon qilganmiz. Gadjetning bir donasi 29 dollarga baholangan, xohlovchilar to‘rttasini $99 evaziga ham olishlari mumkin. Biroq kupertinoliklarning ziqnaligini qarang – qadoq jamlanmasida g‘ilof yo‘q va uni alohida xarid qilishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: AirTag uchun g‘ilof chiqdi – aksessuarning aksessuari smartfondan ham qimmat!

Apple AirTag uchun oddiy g‘iloflar ham uncha arzon emas, biroq foydalanuvchilar uning uchun alohida xarajat qilmaslik yo‘lini topishdi. MacRumors forumi foydalanuvchilaridan biri ushbu brelokni drel yordamida teshganini, shundan keyin ham u ishlashda davom etganini aytdi.

Shu tariqa – drel yordamida bir chetidan tirqish ochgach, undan ip o‘tkazgancha AirTag geo-brelogini istalgan buyumga yoki jonivorga osib qo‘ysa bo‘ladi.

To‘g‘ri, bundan so‘ng ushbu aksessuar chiroyli ko‘rinmaydi, ammo g‘ilof uchun pul sarflab yurmaysiz.

O‘QING: Galaxy Unpacked’ning barcha roliklari bitta joyda: Galaxy S21, Galaxy Buds Pro hamda Galaxy SmartTag bilan to‘liq tanishamiz!

Tabiyki, bunda ehtiyotkorlik talab etiladi: brelokning ichida mikrosxemalar joylashgan qismini emas, balki plastikdan ishlangan gardishini teshish lozim.

Ushbu yechimning bitta salbiy jihati mavjud – bunda AirTag uchun Apple bergan kafolat kuyib ketadi, keyin rasmiy servis markazlarida uni tekinga ta’mirlab berishmaydi.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!