Arzon Galaxy A20e yangi avlod Samsung smartfonlari orasida eng ixchami ham bo‘lyapti!

  •   DiMaX
  •  1897
  •  03.04.2019 16:30

Arzon Galaxy A20e yangi avlod Samsung smartfonlari orasida eng ixchami ham bo‘lyapti!

Kuni kecha biz Samsung Galaxy A20e smartfonining birinchi suratlarini e’lon qilgan edik. Ushbu qurilma Galaxy A20 modelining sal ixchamlashtirilgan va texnik ta’minoti soddalashtirilgan versiyasi bo‘lishi kutilayotgandi, ammo unaqa emas ekan.

O‘QING: Yana bir arzon smartfon – Galaxy A20e ilk suratlarda: Infinity-U ekran va qo‘sh kamera!

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Galaxy A20e anchagina kichkina bo‘lar ekan – displeyining o‘lchami diagonaliga 5,84 dyuymga teng. Eslatib o‘tamiz, Galaxy A20 ekrani diagonaliga 6,4 dyuymlik kattalikda.

Yangi smartfon korpusi 147,4x69,7 millimetrlik ekan; bu esa hattoki ushbu turkumning eng «kichkina» vakili – Galaxy A10 o‘lchamlaridan ham ixchamroq. Shuningdek, Galaxy A20e tok sig‘imi 3000 mA/soatlik akkumulyatorga va Exynos 7904 yoki Exynos 7884 protsessoriga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Samsung’ning 2019 yilgi eng arzon smartfoni – Galaxy A2 Core nimalarga qodir?