Arzon va hamyonbop Samsung smartfonlari ishqibozlariga xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  4034
  •  11.03.2020 10:38

Arzon va hamyonbop Samsung smartfonlari ishqibozlariga xushxabar bor!

Samsung kompaniyasi 2019 yilda hamyonbop Galaxy A hamda arzon Galaxy M turkumlarida bir qator yaxshi smartfonlar taqdim etgan. E’tibor bersak, ularning aksariyati koreyalik texnogigantning Exynos protsessorlariga tayanadi.

O‘QING: 200 dollarlik Galaxy M21 qiyofasi va namoyish kunini rasmiy poster oshkor etdi

Yaxshi ma’lumki, protsessorlar borasida baribir Qualcomm kompaniyasi yetakchi. Hatto janubiy koreyalik texnogigantning o‘zi ham bu borada unga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti.

Shu boisdan Samsung bu yil hatto arzon va hamyonbop smartfonlarida ham amerikalik chipsoz mahsulotlarini qo‘llamoqda. Eng arzon turkumning bulturgi kenjasi – Galaxy M10 modelida Exynos 7870 protsessori ishlatilgan bo‘lsa, uning davomchisi – Galaxy M11 smartfonida Snapdragon 450 chipseti bazasiga qurilishi ma’lum bo‘ldi:

Bundan tashqari, garchi arzon turkumga mansub bo‘lsa-da, Galaxy M11 yana old kamera uchun tirqishli – Infinity-O turidagi, HD+ formatli displey bilan ham ta’minlangan. Shularni va tezkor xotirasi 3 gigabayt ekanini hisobga olsak, ushbu model ham rosa xaridorgir bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

Shuningdek, endi buyog‘iga Galaxy A va Galaxy M seriyasining qolgan vakillari ham Qualcomm protsessorlari bilan ta’minlanishini kutish o‘rinli.

O‘QING: TOP-10: Qaysi smartfonlarning qalbakilari eng ko‘p? (Master Lu reytingi, 2020 yil mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!