Barcha Mi 9’lardan kuchli Redmi 855 flagmani taqdimot oldidan Xiaomi rasmiy saytida!

  •   DiMaX
  •  1405
  •  13.05.2019 10:09

Barcha Mi 9’lardan kuchli Redmi 855 flagmani taqdimot oldidan Xiaomi rasmiy saytida!

Xiaomi kompaniyasi hamyonbop Redmi brendi ostida Snapdragon 855 chipli eng arzon smartfonni tayyorlayotgani ma’lum. Ammo insayderlar uning nomini turlicha aytishmoqda: bu flagman Redmi X, Redmi 855, Redmi Pro 2, Redmi Q va hatto Redmi K20 Pro deb atalishi mumkin.

O‘QING: Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

Yaqinda e’lon qilingan «jonli» suratdan ushbu modelning Redmi K20 Pro ekani ma’lum bo‘lgan. Ammo kecha internetga chiqarilgan yana bir “jonli” rasm Redmi 855 variantini tasdiqlamoqda!

Xitoylik manba tarqatgan suratda Xiaomi sayti ochilgan holdagi monitor tasvirlangan. Veb-sahifada esa Snapdragon 855 protsessorli Redmi smartfoni rasmi va asosiy xususiyatlari bilan aks ettirilgan:

Ko‘rib turganingizdek, ekrani diagonaliga 6,39 dyuymlik ushbu smartfon Redmi 855 deb nomlangan. Uning displeyida barmoq izi skaneri belgisi yo‘qligiga qaraganda, daktiloskop an’anaviy tarzda orqa panelda joylashadi.

O‘QING: RASMAN: Keyingi haftadayoq chiqayotgan Redmi K20 Pro’ning ekrani daktiloskopli va «beli baquvvat»!

Ammo korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi mexanizmga joylangan 20 megapiksellik old kamera hamda asosiy modulining aniqligi 48 megapiksel bo‘lgan uchtalik bosh kamera yaqqol ko‘rinib turibdi.

Ushbu brend ostida bu yil chiqarilayotgan barcha modellar qatori, Redmi 855 uchun ham kompaniya 18 oylik rasmiy kafolat taqdim etadi. Uning xususiyatlari orasida infraqizil nurlanish datchigi ham bor – demak, bu smartfon turli devayslar uchun boshqaruv pulti vazifasini ham bajara oladi.

Ammo Redmi 855 akkumulyatori kutilganidek 4000 emas, balki 3600 mA/soatlik tok sig‘imiga ega ekan. To‘g‘ri, buyam yomon ko‘rsatkich emas, tag‘in, ushbu model 27 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi.

Manbaga ko‘ra, Snapdragon 855 chipli eng arzon smartfon uch xil rangda: an’anaviy qora hamda gradiyentli ko‘k va qizil korpuslarda taklif etiladi. Uning bugun yoki ertaga – 14 may kuni rasman namoyish qilinishi kutilmoqda. Allaqachon bozorga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!