Barcha smartfonlar va kompyuterlar uchun Telegram yangilandi – zo‘r imkoniyatlarni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  3644
  •  06.09.2019 12:28

Barcha smartfonlar va kompyuterlar uchun Telegram yangilandi – zo‘r imkoniyatlarni qarshi oling!

Garchi endi O‘zbekistonda Odnoklassniki rekord darajada tez yuklanishi aytilayotgan bo‘lsa-da, u baribir Telegram o‘rnini bosa olmaydi. Ushbu messenjer jamoasi Android hamda iOS tizimlarida qo‘llashga mo‘ljallangan kliyentlarni Telegram 5.11 versiyasigacha, kompyuterlarda ishlatiladigan Telegram Desktop dasturini esa 1.8.3 talqinigacha yangiladi.

O‘QING: Soxta abituriyentlar rasmlari va ma’lumotlarini DTM o‘z rasmiy Telegram-kanalida chiqardi!

Yangilangan Telegram ilovalarida foydalanuvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. Endi istalgan xabarni keyinroq yuboriladigan qilib rejalashtirish mumkin.

Buning uchun «Otpravit» tugmachasini bosib, «Otlojennoye soobщyeniye» bandini tanlaysiz va uning avtomatik jo‘natiladigan vaqtini belgilaysiz. Xabaringiz o‘sha vaqtda yuborilganidan so‘ng sizga bu haqda bildirishnoma keladi.

Ushbu funksiya foydalanuvchi o‘z-o‘ziga xabar jo‘natadigan «Izbrannoye» bo‘limida ham ishlaydi. Natijada siz u orqali o‘zingizga eslatmalar kelishini rejalashtirib qo‘ya olasiz.

  1. Interfeys mavzulari yaratib, ularni «bulutli» servisda saqlash va boshqalarga ulashish imkoni qo‘shildi.

Endi Telegram’ning barcha ilovalarida interfeys rangini o‘zingiz istaganchalik ranglarda o‘zgartira olasiz. Bundan tashqari, o‘zingizga ma’qul ranglar va fonlar yordamida o‘zingiz interfeys mavzusi yaratib, keyin uni havola orqali boshqalarga uzatishingiz ham mumkin.

Bu o‘ziga xos «bulutdagi» mavzu bo‘ladi – agar keyinchalik o‘sha mavzuning biror elementini o‘zgartirsangiz, shungacha uni o‘rnatib olgan kishilarda ham shunaqa o‘zgarib qoladi.

  1. Maxfiylik sozlamalari yanada takomillashtirildi.

Endi telefon raqamingizni o‘z telefon kontaktlariga qo‘shib qo‘yganlar sizni Telegram orqali topish-topmasliklarini o‘zingiz hal qilasiz. Ilovaning maxfiylik sozlamalaridagi «Kto mojet videt moy nomer telefona» bandida «Nikto» deb belgilasangiz, yangi opsiya paydo bo‘ladi – uning yordamida siz o‘zingizning telefon raqamingiz shu paytgacha kimlarda mavjud bo‘lsa, o‘shalarga ham ko‘rinmaydigan qila olasiz. «Kto mojet nayti menya po moyemu nomeru» parametrida «Moi kontakti»ni belgilab qo‘ysangiz, endi sizning raqamingizni o‘z telefon kontaktlariga qo‘shib qo‘ygan kishilar emas, balki siz o‘z telefon kontaktlaringizga kiritib qo‘ygan kishilargina Telegram orqali raqamingizni ko‘ra oladi.

  1. Yangi animatsiyali emodzilar qo‘shilgan.

Endi mana bu: 😁, 😧, 😡, 💩, 😢, 😮, 😐 smayliklaridan birini yuborsangiz, u avtomatik tarzda «jonli» – animatsiyalangan emodziga aylanadi. Faqat buning uchun xabar matnida shu smaylikdan boshqa narsa bo‘lmasligi, uning bitta o‘zini jo‘natishingiz kerak.

  1. iOS tizimi uchun chiqarilgan Telegram 5.11 ilovasiga tegishli o‘zgarishlar:

Biror xabarning ustiga biroz vaqt bosib tursangiz, iOS 13 uslubida ishlangan yangi menyu chiqadi. Shuningdek, istalgan xabarning yaxlit o‘zini emas, balki uning matnidagi kerakli qisminigina belgilab olish funksiyasi qo‘shilgan – keyin uni nima qilish kerakligini o‘shanda ochiladigan menyu orqali tanlaysiz.

  1. Telegram Desktop dasturidagi tuzatishlar:

«Izbrannoye»da xabarni ovozsiz yuboradigan «Otpravit bez zvuka» bandi olib tashlangan. Chatni arxivlashda ko‘rinadigan nuqson – ilovaning o‘rtasiga qalqib chiquvchi bildirishnoma o‘lchami to‘g‘rilangan. Stikerga kursorni olib borganda uning sanasini ko‘rsatuvchi yozuv xatoligi to‘g‘rilangan.

Yuqoridagi o‘zgarishlardan Telegram dasturingizni yangilaganingizdan keyin bahramand bo‘lasiz, faqat apdeyt bosqichma-bosqich tarqatilayotgani sabbali, yangilanishlarni tekshirib turing – shu kunlarda kelib qoladi.

O‘QING: Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!