Barcha tizimlardagi Telegram dasturlari yangilandi! Ulardagi yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  3729
  •  25.03.2019 15:42

Barcha tizimlardagi Telegram dasturlari yangilandi! Ulardagi yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Telegram messenjeri kecha barcha operatsion tizimlar uchun taqdim etilgan kliyentlarini yangiladi. Jumladan, uning Android hamda iOS kliyentlari 5.5-versiyada, macOS ilovasi 5.0 talqinida, Telegram Desktop esa 1.6.2-versiyada taqdim etildi.

O‘QING: Telegram’da pul topishni istaysizmi?

Android-qurilmalarga mo‘ljallangan Telegram 5.5 talqinidagi kliyentdagi yangi imkoniyatlar:

  1. Maxfiy chatdagi har qanday (hatto boshqa birov yozgan) xabarni butkul (boshqalar uchun ham) o‘chirish mumkin, bunda 48 soatlik cheklov ham olib tashlangan. Yangi talqindagi Telegram’da nafaqat o‘zingizning, balki suhbatdoshlaringizning ham istalgan vaqtdagi har qanday xabarini butunlay o‘chirib tashlay olasiz.
  2. Maxfiylik sozlamalari takomillashtirilgan. Endi siz profilingizdagi asosiy suratingiz «avatar»ingizni kimlar ko‘ra olishi mumkinligini tanlay olasiz. Shuningdek, biror xabaringizni boshqalarga yo‘naltirganida (Forward, Pereslat qilganida) profilingizga eltuvchi havola kimlarga ko‘rinadigan bo‘lishini ham o‘zingiz hal etasiz.
  3. Sozlamalar sahifasida qidiruv funksiyasi paydo bo‘lgan. Endi o‘zingizga kerakli sozlamani yoki ko‘p beriluvchi savollarga javobni shu yerdan izlab topishingiz mumkin.
  4. Agarda xabar ichida boshqa matn bo‘lmasa, emodzi katta bo‘lib chiqadi.
  5. Emodzi/GIF/stikerlar paneli hamda ular bo‘yicha umumiy qidiruv yangilangan.
  6. Xabar matnidagi ilk so‘z kiritilishi bilan, unga mos emodzi taklif etiladi.
  7. Emodzilar taklif etilishini messenjer tarjimasining rasmiy platformasida (https://translations.telegram.org/en/emoji) foydalanuvchilarning o‘zlari yaxshilashlari mumkin.
  8. Videoxabarlarda GIF-animatsiyalar to‘liq yuklanib bo‘lishini kutmasdan ham ularni ko‘ra boshlasa bo‘ladi.
  9. Smayliklarga biriktirilgan «kalit so‘zlar» bo‘yicha alohida stikerlarni izlash mumkin.
  10. Kliyentda bir vaqtning o‘zida bir nechta akkaunt qo‘llayotgan bo‘lsangiz, ularning barchasi uchun kontaktlarni o‘zaro sinxronlashtirish va bildirishnomalarni olishni endi o‘zingiz sozlay olasiz.
  11. Yozishmalar tasmasidagi ovozli videoni tomosha qilayotib, smartfonni gorizontal holatda ushlasangiz, endi o‘z-o‘zidan to‘liq ekranli rejimga o‘tadi.
  12. Android uchun Telegram ilovasi endi TalkBack’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
  13. Qo‘ng‘iroqlar sifati yaxshilangan.
  14. Boshqa kichik tuzatish va yaxshilash ishlari amalga oshirilgan.

Android-gadjetlar egalari Telegram ilovasini yangilash (yoki o‘rnatib olish) uchun mana bu havola orqali Google Play’ga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Durov baribir Telegram Messenger LLP’ni yopishga majbur bo‘ldi!

iOS-devayslarga mo‘ljallangan Telegram 5.5 dasturidagi o‘zgarish va yaxshilashlar ham asosan shularga o‘xshash:

  1. Maxfiy chatdagi har qanday (hatto boshqa birov yozgan) xabarni butkul (boshqalar uchun ham) o‘chirish mumkin, bunda 48 soatlik cheklov ham olib tashlangan. Yangi talqindagi Telegram’da nafaqat o‘zingizning, balki suhbatdoshlaringizning ham istalgan vaqtdagi har qanday xabarini butunlay o‘chirib tashlay olasiz.
  2. Maxfiylik sozlamalari takomillashtirilgan. Endi siz profilingizdagi asosiy suratingiz «avatar»ingizni kimlar ko‘ra olishi mumkinligini tanlay olasiz. Shuningdek, biror xabaringizni boshqalarga yo‘naltirganida (Forward, Pereslat qilganida) profilingizga eltuvchi havola kimlarga ko‘rinadigan bo‘lishini ham o‘zingiz hal etasiz.
  3. Sozlamalar sahifasida qidiruv funksiyasi paydo bo‘lgan. Endi o‘zingizga kerakli sozlamani yoki ko‘p beriluvchi savollarga javobni shu yerdan izlab topishingiz mumkin.
  4. Videoxabarlarda GIF-animatsiyalar to‘liq yuklanib bo‘lishini kutmasdan ham ularni ko‘ra boshlasa bo‘ladi.
  5. Smayliklarga biriktirilgan «kalit so‘zlar» bo‘yicha alohida stikerlarni izlash mumkin.
  6. GIF-animatsiyalarni izlash funksiyasi yaxshilangan.
  7. Agarda xabar ichida boshqa matn bo‘lmasa, emodzi katta bo‘lib chiqadi.
  8. Kliyentda bir vaqtning o‘zida bir nechta akkaunt qo‘llayotgan bo‘lsangiz, ularning barchasi uchun kontaktlarni o‘zaro sinxronlashtirish va bildirishnomalarni olishni endi o‘zingiz sozlay olasiz.
  9. Yozishmalar tasmasidagi ovozli videoni tomosha qilayotib, smartfonni gorizontal holatda ushlasangiz, endi o‘z-o‘zidan to‘liq ekranli rejimga o‘tadi.
  10. iOS uchun Telegram ilovasi endi VoiceOver’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
  11. Qo‘ng‘iroqlar sifati yaxshilangan.
  12. Boshqa kichik tuzatish va yaxshilash ishlari amalga oshirilgan.

«Tishlangan olmali» qurilmalar egalari mana bu havola orqali App Store’ga o‘tib, Telegram’ni yangilab (yoki o‘rnatib) olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram'da siz uchun foydali botlar

macOS tizimi uchun taqdim etilgan Telegram 5.0 versiyasidagi yangi imkoniyatlar esa quyidagicha:

  1. Dasturda endi bir nechta akkauntni ishlatish mumkin, buning uchun «Sozlamalar» («Nastroyki»)dagi «Tahrirlash» («Redaktirovat») bandiga kirasiz.
  2. Maxfiy chatdagi har qanday (hatto boshqa birov yozgan) xabarni butkul (boshqalar uchun ham) o‘chirish mumkin, bunda 48 soatlik cheklov ham olib tashlangan. Yangi talqindagi Telegram’da nafaqat o‘zingizning, balki suhbatdoshlaringizning ham istalgan vaqtdagi har qanday xabarini butunlay o‘chirib tashlay olasiz.
  3. Maxfiylik sozlamalari takomillashtirilgan. Endi siz profilingizdagi asosiy suratingiz «avatar»ingizni kimlar ko‘ra olishi mumkinligini tanlay olasiz. Shuningdek, biror xabaringizni boshqalarga yo‘naltirganida (Forward, Pereslat qilganida) profilingizga eltuvchi havola kimlarga ko‘rinadigan bo‘lishini ham o‘zingiz hal etasiz.
  4. Qo‘ng‘iroqlar sifati yaxshilangan.
  5. Smayliklarga biriktirilgan «kalit so‘zlar» bo‘yicha alohida stikerlarni izlash mumkin.
  6. Chatdagi fotosuratlar, rasmlar va stikerlarni force touch qo‘llagan holda oldindan ko‘rish (prevyu) mumkin.
  7. Boshqa kichik tuzatish va yaxshilash ishlari amalga oshirilgan.

Ushbu kliyentni macOS tizimli qurilmalarga hozircha ushbu havola orqali Telegram rasmiy saytidan, keyinroq esa mana bu havola yordamida AppStore’dan yuklab (yoki yangilab) olish mumkin.

O‘QING: Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

Barqaror talqindagi Telegram Desktop 1.6.2 dasturida mana bu o‘zgarishlar mavjud:

  1. Maxfiy chatdagi har qanday (hatto boshqa birov yozgan) xabarni butkul (boshqalar uchun ham) o‘chirish mumkin, bunda 48 soatlik cheklov ham olib tashlangan. Yangi talqindagi Telegram’da nafaqat o‘zingizning, balki suhbatdoshlaringizning ham istalgan vaqtdagi har qanday xabarini butunlay o‘chirib tashlay olasiz.
  2. Maxfiylik sozlamalari takomillashtirilgan. Endi siz profilingizdagi asosiy suratingiz «avatar»ingizni kimlar ko‘ra olishi mumkinligini tanlay olasiz. Shuningdek, biror xabaringizni boshqalarga yo‘naltirganida (Forward, Pereslat qilganida) profilingizga eltuvchi havola kimlarga ko‘rinadigan bo‘lishini ham o‘zingiz hal etasiz.
  3. Albomning tavsifi endi undagi birinchi mediafayldan emas, balki istalgan biridan olinishi mumkin.
  4. Guruhlar va kanallarda ma’murlik bo‘limi (administratorskiy razdel) yangi dizaynda taqdim etilgan.

Telegram Desktop 1.6.2 dasturini mana bu havola orqali rasmiy saytdan ko‘chirib (yoki yangilab) olish imkoni mavjud.

O‘QING: Telegram’da aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatgan novvoyga hukm o‘qilib, telefoni ham musodara etildi