Batafsil yo‘riqnoma: «Odnoklassniki»dan profilni butkul o‘chiramiz!
O‘zbekiston aholisi keng foydalanayotgan servislardan biri «Odnoklassniki» bo‘ladi. Biroq Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram messenjeri kabilar tobora ommalashayotgani ham bor gap.
O‘QING: Telegram'ni unuting, endi O‘zbekistonda Odnoklassniki rekord darajada tez yuklanadi!
«Odnoklassniki»da foydalanuvchi o‘z akkauntini o‘chirib tashlashi birmuncha murakkab – buning uchun kerakli tugmachalar «yarq» etib ko‘rinib turmaydi. Shu boisdan quyida ushbu jarayonni qadam-baqadam ko‘rsatib o‘tamiz.
YoDDA TUTING: Profilingizni o‘chirib yuborganingizda, oldin unga joylangan barcha ma’lumotlar – postlar, izohlar, yozishmalar, surat va videolar qayta tiklanmas bo‘lib yo‘qolib ketadi. Shunga rozi bo‘lsangiz, ketdik...
- Kompyuter yoki noutbukdan «Odnoklassniki»ning to‘liq versiyasini ochib, login va parolni tergan holda o‘z akkauntingizga kirasiz. Sahifaning eng oxiridagi «Reglament» bo‘limiga o‘tasiz.
- Ochilgan sahifani varaqlab eng oxirigacha tushasiz va shu yerdagi «Otkazatsya ot uslug» tugmachasini bosasiz.
- Endi ochilgan oynachadagi barcha ogohlantirishlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingiz kerak. Shundayam «Odnoklassniki»da profilingizni yo‘q qilish fikridan voz kechmasangiz, parolingizni yana bir marta kiritasiz va «Udalit» tugmachasini bosasiz.
Bo‘ldi – bu profilingiz butkul o‘chirildi, endi uning o‘zini ham, unga kiritgan barcha ma’lumotlaringizni ham qayta tiklay olmaysiz.
O‘QING: Texno-maslahat: Facebook sahifani vaqtincha yoki butunlay o‘chirish