Bayram kunlari Ucell ofislarining ish tartibi

  •   DiMaX
  •  1348
  •  30.12.2017 11:35

Bayram kunlari Ucell ofislarining ish tartibi

2018 yilning kirib kelishi – bayram hamda dam olish kunlari uyali aloqa operatorlarining o‘z abonentlariga ko‘rsatadigan xizmatlari hajmi ham oshadi. Shuningdek, bu kunlarda operatorlar ofislarining ish tartibi qanday bo‘lishini ham bilib qo‘yganimiz ma’qul. Ucell kompaniyasi abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislarining bayram kunlaridagi ish tartibini o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi.

O‘QING: Ucell’ning «Internet-sehr» aksiyasi: Samsung smartfonlari va hatto iPhone X yutib olish mumkin!

Xabarga ko‘ra, kompaniya ofislari 30 dekabrdan 3 yanvarga qadar quyidagi jadval bo‘yicha ishlaydilar:

Ucell-Markaziy, Ucell-Toshkent ofislari:

  • 30 dekabr – odatiy tartibda;
  • 31 dekabr – odatiy tartibda;
  • 1 yanvar – dam olish kuni;
  • 2 yanvar – dam olish kuni;
  • 3 yanvar – odatiy tartibda.

Ucell-Tinchlik, Ucell-Mirzo Ulug‘bek, Ucell-Chilonzor ofislari:

  • 30 dekabr – odatiy tartibda;
  • 31 dekabr – dam olish kuni;
  • 1 yanvar – dam olish kuni;
  • 2 yanvar – dam olish kuni;
  • 3 yanvar – odatiy tartibda.

Ucell-Qo‘yliq, Ucell-Chirchiq ofislari:

  • 30 dekabr – odatiy tartibda;
  • 31 dekabr – odatiy tartibda;
  • 1 yanvar – dam olish kuni;
  • 2 yanvar – dam olish kuni;
  • 3 yanvar – odatiy tartibda.

Ucell-Olmaliq, Ucell-Angren ofislari:

  • 30 dekabr – odatiy tartibda;
  • 31 dekabr – dam olish kuni;
  • 1 yanvar – dam olish kuni;
  • 2 yanvar – dam olish kuni;
  • 3 yanvar – odatiy tartibda.

O‘QING: Ucell aksiya doirasida Xiaomi smartfonlariga chegirmalar taqdim etmoqda

Viloyatlardagi Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislari:

  • besh kunlik ish haftasi jadvali bo‘yicha ishlaydiganlar uchun: 30, 31 dekabr – ish kuni; 1, 2, 3 yanvar – dam olish kuni; 6 yanvar – ish kuni.
  • olti kunlik ish haftasi jadvali bo‘yicha ishlaydiganlar uchun: 30 dekabr – ish kuni; 31 dekabr, 1, 2 yanvar – dam olish kuni; 3 va 6 yanvar – ish kuni.

Kompaniya ofislari manzillari va ish jadvali bilan Ucell saytidagi «Ma’lumotlar» bo‘limida tanishish mumkin.

O‘QING: Ucell o‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulashni yo‘lga qo‘ydi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.