Besh kamerali Nokia 9 nima bo‘pti – Sony sakkizta kamerali smartfon tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1444
  •  11.06.2019 12:44

Besh kamerali Nokia 9 nima bo‘pti – Sony sakkizta kamerali smartfon tayyorlayapti!

Hozirgacha taqdim etilgan eng «serkamera» telefon – shu yil fevralda chiqqan Nokia 9 PureView fotoflagmani bo‘ladi. Sony esa unga raqobatchi, o‘ziyam jami naq sakkizta kameraga ega smartfon ustida ishlamoqda.

O‘QING: Ana bo‘lmasam! Nokia 9 PureView’ni saqich qog‘ozi bilan buzib kirishdi!

Max J nikli insayder o‘zining Twitter-sahifasida bergan xabarga ko‘ra, bu – Xperia brendiga mansub kamerofonlardan biri bo‘lishi mumkin. Mazkur flagmanning bosh kamerasi oltita, selfi-kamerasi esa ikkita tasvir datchigini o‘z ichiga oladi.

Aytish kerakki, bu – Sony smartfonining bosh kamerasi modullari qanday joylashuvi borasidagi konseptdir, yakuniy dizaynda ular boshqacharoq joylashishi ham mumkin.

O‘QING: Xiaomi allaqachon Nokia 9 PureView kabi pentakamerali smartfon tayyorlabdi – unda olingan suratni ko‘ring!

Sony smartfonidagi kameralar qanday datchiklar bo‘lishi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q. Aftidan, ularning yarmi an’anaviy tarzda asosiy modul, keng burchakli kamera va telefotoob’yektivli sensor bo‘lsa kerak. Ularga yana uch o‘lchamli skanerlovchi ToF-sensor qo‘shilishi mumkin, boshqa ikkita modul esa sirligicha qolayotir.

Shuningdek, jami sakkiz kamerali Xperia kamerofonining texnik xususiyatlari, taqdimot vaqti hamda narxi ham noma’lum.

Smartfonning kamerasiga jiddiy talablar qo‘yuvchi mushtariylarimizga esa Terashop.uz internet-do‘konimizdagi ayrim kamerofonlarni tavsiya etishimiz mumkin. Masalan, xitoylik texnogigantning DxOMark servisida rekord o‘rnatgan flagmanlari – uchtalik kamerali Huawei P30 hamda to‘rttalik kamerali P30 Pro modellarini xarid qilish imkoni mavjud. Shuningdek, eng kuchli kamerofonlardan hisoblanmish – janubiy koreyaliklarning Samsung Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ flagmanlarini ham sotib olish mumkin. Agarda bularni qimmat, desangiz, u holda «xalqparvar» kompaniyaning Xiaomi Mi 9 flagmanini xarid qilish yoki naq 48 megapiksellik kameraga ega bo‘lgan dunyodagi ilk smartfon – Redmi Note 7 modelidan sotib olish kabi variantlar mavjud.

O‘QING: Galaxy A’larning bari arzonlashdi – Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 10 iyun)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.