Beshta Android-o‘yin vaqtincha bepul bo‘ldi – o‘rnatib olishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  1699
  •  26.06.2021 12:54

Beshta Android-o‘yin vaqtincha bepul bo‘ldi – o‘rnatib olishga ulguring!

Kuni kecha biz Epic Games onlayn do‘koni ikkita o‘yinni bir umr tekin o‘ynash imkoni bilan vaqtincha bepul tarqatayotgani haqida yozgan edik. Ya’ni, kompyuter va noutbuklar uchun Horizon Chase Turbo hamda Sonic Mania o‘yinlarini 1 iyulgacha olib qo‘yish mumkin.

O‘QING: Ruhiy buzilishlarning qaysi turlarini davolashda qanday videoo‘yinlar foydali?

Bu orada Google Play ilovalar katalogi ham mobil geymerlar uchun beshta o‘yinni tekinga tarqatmoqda. Quyida ulardan har birining nomlariga o‘rnatilgan havolalar orqali ularni yuklab olish sahifalariga o‘tishingiz mumkin:

  1. Let the Pharaoh Free
  2. Heroes Defender
  3. Buff Knight Advanced – Retro RPG Runner
  4. Galaxxy Idols PV
  5. Theme Solitaire Tripeaks Tri Tower

Mazkur o‘yinlarni bepul payti smartfoningizga o‘rnatib olsangiz, keyin ham istalgan payt bemalol o‘ynayverasiz.

O‘QING: Maqtovli o‘yin, nihoyat, Android-qurilmalarga ham chiqdi: boshida bepul o‘ynang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.