Bill Geyts: «Mana shu yilgacha koronavirus pandemiyasining tugashidan umid qilmay qo‘yavering!»

  •   DiMaX
  •  2049
  •  21.09.2020 09:04

Bill Geyts: «Mana shu yilgacha koronavirus pandemiyasining tugashidan umid qilmay qo‘yavering!»

Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts kuni kecha Fox News telekanalida jurnalistlar bilan suhbat qildi. Tadbirkor unda koronavirus pandemiyasining tugash muddati borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘QING: O‘zbekistonda koronavirusni yo‘qotuvchi texnologiya yaratilib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Bill Geyts fikricha, hali 2022 yilgacha mazkur pandemiyaning tugatilishidan umid qilmay qo‘yaversak bo‘ladi. O‘z prognozida u quyidagi taxminga tayanmoqda: koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqilgan taqdirda ham, 2021 yilning boshlarida hali ularni qo‘llash uchun sertifikatsiyadan o‘tkazish jarayonlari kechadi.

Shunday bo‘lsa, kelasi yilning o‘rtalarida vaziyat o‘nglana boshlaydi. Hammasi joy-joyiga tushib ketishi uchun kamida yarim yil vaqt kerak – xullas, 2022 yilga boribgina insoniyat bu ofatdan qutulishi mumkin bo‘ladi.

Lekin bunday bo‘lishi uchun ham hali 2021 yilda butun dunyo bo‘yicha infeksiya tarqalishi ko‘rsatkichlarini pasaytirishga erishish lozim, deya ta’kidlaydi Geyts. Aks holda, pandemiyadan xalos bo‘lishimiz 2023 yilgacha ham cho‘zilishi mumkin.

O‘QING: Pandemiya pallasida bittagina kompaniya smartfonlari savdosi o‘sdi, tag‘in naq 25 foizga!

Microsoft asoschisi yana bir xavotirli holatga urg‘u berdi: koronavirus pandemiyasi davrida boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalash darajasi butun dunyo bo‘ylab 14 foizga pasayib ketgan. Bu esa oxirgi 20 yilda erishilgan natijalarni yo‘qqa chiqardi, deydi tadbirkor.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini aytgan edi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan.

Shuningdek, Microsoft asoschisi avvalroq koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, keyin mazkur xastalikka qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi, degan.

Ayrimlar Geytsni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Bulardan tashqari...

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!