Bir umr bepul o‘ynash uchun fazoviy sarguzasht o‘yinini butkul olib qo‘yishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  1110
  •  13.08.2021 15:43

Bir umr bepul o‘ynash uchun fazoviy sarguzasht o‘yinini butkul olib qo‘yishga ulguring!

Kuni kecha biz PlayerUnknown's Battlegrounds nomi o‘zgargani va bir hafta bepul bo‘lgani haqida yozgan edik. Epic Games Store ham qiziqarli bir o‘yinni bir hafta davomida tekin ulashishga qaror qildi.

O‘QING: PUBG Mobile, TikTok, Instagram, YouTube va Telegram uchun operator alohida trafik beryapti

EGS odatda har hafta oxirida ikkita o‘yinni to keyiigi haftaning so‘ngigacha bepul qilar edi. Bu gal bittagina bo‘lsa-da, Rebel Galaxy nomli qiziqarli, kosmik rolli o‘yinni ulashyapti.

Double Damage studiyasi taqdim qilgan bu o‘yinda geymerlar Yulduzkezar esminets kapitani rolida o‘ynab, janglarda ishtirok etishlari, tadqiqot ekspeditsiyalariga otlanishlari, savdolashishlari kerak bo‘ladi.

Rebel Galaxy o‘yinining raqamli nusxasini butunlay bepul olib qo‘yish uchun mana bu havola orqali Epic Games Store saytiga o‘tib, «Poluchit» tugmachasini bosish kerak. Uning bepullik davri 19 avgustgacha davom etadi; shungacha olib qo‘ysangiz, o‘yinni keyin ham istalgan payti bepul o‘ynashingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Eng ko‘p «soqqa» keltirgan mobil o‘yinlar: iyulda g‘olib naq $299 mln ishlab olgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!