Bollivud afsonasi allaqachon OnePlus 6T flagmanini «jonli» ko‘rsatyapti! (rasmiy video)

  •   DiMaX
  •  1189
  •  20.09.2018 12:02

Bollivud afsonasi allaqachon OnePlus 6T flagmanini «jonli» ko‘rsatyapti! (rasmiy video)

«Flagmanlar kushandalari» tayyorlovchi xitoylik kompaniya o‘zining OnePlus 6T smartfonini 17 oktyabrda rasman taqdim etishni rejalashtirgan. Hozirgacha ushbu devaysning xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar tarqalishidan tashqari, uni allaqachon savdoga ham qo‘yishgan.

O‘QING: OnePlus 6T: mana endi rasman namoyish qilindi

Hindistonda esa allaqachon OnePlus 6T’ning rasmiy reklama roligi ham ko‘rsatila boshlagan. Unda bu flagmanni mashhur aktyor, Bollivud afsonasi Amitabh Bachchan reklama qilyapti.

Mana, birga ko‘ramiz:

Bachchan sohib mazkur smartfonning asosiy o‘ziga xosligi – ekran ostiga joylangan daktiloskopik datchik orqali qulfdan chiqarish imkoniyatiga urg‘u bergan. Rolikda, shuningdek, OnePlus 6T’ning asosiy kamerasi mish-mishlarda aytilganidek uchta emas, balki ikkita modulga ega ekanligi ham ko‘zga tashlanadi.

Hindistonda reklama qilishdan tashqari, Amazon do‘konining ushbu mamlakatdagi bo‘limi ham bu gadjetni sotishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. OnePlus 6T uchun uning saytida maxsus tizer sahifasi ochilgan, unda smartfon nomi va logotipi ko‘rsatilmoqda.

O‘QING: Mish-mishlar: OnePlus 6T kuzda sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum