Bor-yo‘g‘i 115 dollarga 6000 mAh batareya, 7 dyuymlik ekranli smartfon chiqdi!

  •   DiMaX
  •  7605
  •  14.09.2020 17:32

Bor-yo‘g‘i 115 dollarga 6000 mAh batareya, 7 dyuymlik ekranli smartfon chiqdi!

Tecno kompaniyasi iyun oyida o‘zining Spark Power 2 rusumli smartfonini 130 dollardan sotuvga chiqargan edi. Mazkur qurilma 7 dyuymlik ekran, stereodinamik va 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega ekanligi bilan e’tiborga loyiq.

O‘QING: Naq 7000 mAh batareyali Galaxy M51 sotuvga chiqdi: narx va jihatlari

Ushbu ishlab chiqaruvchi endi mazkur gadjetning biroz soddalashtirilgan versiyasi – Tecno Spark Power 2 Air modelini namoyish qildi. Unda ham IPS matritsali ekranning o‘lchami 7 dyuymlik bo‘lib, tomonlari o‘zaro 20,5:9 nisbatda. Displeyda tasvir aniqligi 720x1640 pikselga teng, maksimal yorqinligi esa – 480 kd/m2.

Tecno Spark Power 2 Air korpusi polikarbonatdan ishlangan, o‘lchami 174,9x79,6x9,2 millimetrni tashkil etadi va 217,2 gramm tosh bosadi. Kompaniya unda Helio A22 protsessorini qo‘llagan, 3/32 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira hamda microSD sloti bilan ta’minlagan. Korpusining orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri ham bor.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Ishlab chiqaruvchi bu modeliga asosiy datchigi 13 megapiksellik bo‘lgan kvadrokamera o‘rnatgan. Sun’iy ong texnologiyalari bilan boyitilgan bosh kamera makros’yomka, boke effekti, sahnani avtomatik aniqlash, AI HDR, AI Stickers, AI Beauty va panorama kabi funksiyalarga ega. Ekran kemtigiga esa 8 MPlik selfi-kamera joylangan.

Spark Power 2 Air korpusida qo‘shaloq stereodinamik hamda Google Assistant ovozli yordamchisini chaqirish uchun maxsus smart-klavish ham mavjud. Smartfonga Android 10 operatsion tizim talqini asosidagi HiOS 61 grafik qobig‘i o‘rnatilgan.

Tecno Spark Power 2 Air modelining maqtanishga arzigulik jihatlaridan biri – 6000 mA/soatlik akkumulyatoridir. Narxi ham chakkimas – Hindistonda uni 115 AQSh dollariga baholashgan.

O‘QING: 200 dollarlik Gionee M30 chiqdi: akkumulyatori naq 10 000 mA/soatlik smartfon-poverbank!