Bosh prokuratura IT-mutaxassislarni ishga taklif etmoqda. Boshiga oylik maoshi 6 million so‘mgacha!
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha nomzodlarni tanlov asosida qabul qilinishini e’lon qildi:
- Dasturchi — 1 ta bo‘sh lavozimga;
- Ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi (administratori) — 1 ta bo‘sh lavozimga;
- Tizim boshqaruvchisi (administratori) — 1 ta bo‘sh lavozimga.
Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:
1) dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va uni amaliyotda tatbiq etishda ish tajribaga ega bo‘lishi lozim;
2) dasturlash va texnologiyalashning quyidagi tillarini va ulardan ish jarayonida foydalanishni bilishi lozim:
– Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, PL/SQL, Transact SQL;
– HTML, CSS, JavaScript, Jquery;
– zamonaviy veb freymvorklar (Wicket, Spring va h.k), ORM (MyBatis, Hibemate va h.k);
– WebService, WebSocket, B2B texnologiyalari.
Oracle ma’lumotlar bazasi boshqaruvchisi (administratori) quyidagi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi lozim:
– Unix kabi platformalarda ma’lumotlar bazasi samarali ishlashi uchun serverlarni o‘rnatish va sozlash;
– rad turg‘unlik va rezervlashni sozlash (rman backup, standby);
– ma’lumotlar bazasi va ilova serverlaridan foydalanish jarayonida vujudga keladigan muammolarni tahlil qilish va bartaraf etish;
– SQL so‘rovlarini optimizatsiyalash;
– ma’lumotlar bazasi xavfsizligi va auditini sozlash;
– texnik hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish.
O‘QING:1 yanvardan «Qo‘riqlash Servis» joriy qilinadi va xonadonlarda qo‘riqlash vositalari o‘rnatiladi
Tizim boshqaruvchisi (administratori)quyidagi malaka
va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
– ESXI virtual muhitida Windows 2008 R2, 2012 serverlarini boshqarish, xizmat ko‘rsatish va sozlash;
– xizmat infrastrukturalarini boshqarish (AD, GPO, DNS, DHCP, Exchange, File server, Kerio Control);
– Red Hat cluster suite, shu jumladan Tomcat, LB, iptables bazalarida mantiq biznesi serverlari klasterini boshqarish;
– SVN versiyalari boshqarish sistemalari serverlarini boshqarish;
– VMwarev Sphere bazasida virtualizatsiya sistemalarini boshqarish;
– Cisco: 2801, 2960, 3750, 3560, ASA 5520 tarmoq uskunalarini boshqarish;
– Nagios, Cacti, Zabix monitoring tizimlarini boshqarish;
– serverlarni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish;
– Kasperskiy Security Center, Esset Nod32 antivirus korporativ dasturlarini boshqarish.
Taklif etilayotgan lavozimlar bo‘yicha oylik maoshi 2,4 mln. so‘mdan 6 mln. so‘mgacha (dastlab) va undan yuqori belgilangan. Mutaxassislarga Departament xodimlariga belgilangan moddiy va ijtimoiy himoya choralari qo‘llaniladi.
Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar 2018 yil 15 dekabrdan 2019 yil 15 yanvargacha qabul qilinadi.