Bu smartfonsoz Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple va Huawei’dan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  2118
  •  03.11.2020 13:05

Bu smartfonsoz Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple va Huawei’dan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatdi!

Oppo korporatsiyasi aynan Xiaomi kompaniyasining arzonchi Redmi brendi bilan raqobatlashish uchun Realme shu’ba korxonasini tashkil etgan edi. Joriy yilning may oyida o‘zining ikki yilligini nishonlagan ushbu kompaniya o‘shanda dunyo bo‘yicha 40 milliondan ortiq smartfon sotishga ulgurgan edi.

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Realme chindan ham dunyo bo‘yicha eng tez o‘sib kelayotgan smartfon brendi sifatida tan olingan. Kompaniya avvalroq, 2020 yilning oxirigacha jami 50 millionta telefon sotishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan edi.

Biroq endi ma’lum bo‘lishicha, Realme hali yil yakunlanmasidanoq ushbu ko‘rsatkichga erishib ulguribdi! Tashkil etilganiga ikki yarim yil to‘lmasidanoq u 50 millionta smartfon sotishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘QING: Realme o‘yinbop, atigi 116 dollardan boshlanuvchi Narzo 20, Narzo 20A va Narzo 20 Pro smartfonlarini chiqardi

Shu bilan birga, Realme ushbu marraga erishish tezligi bo‘yicha rekord ham o‘rnatgan. Quyidagi grafikda ommabop smartfonsozlar – Realme, Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple hamda Huawei kompaniyalari o‘zlarining ilk 50 millionta telefonini necha chorakda sotib ulgurgani aks ettirilgan:

Ko‘rib turganingizdek, bu yosh xitoylik kompaniyaning shashti baland!

O‘QING: Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari