Bu yilgi eng arzon iPhone taqdimotdan avval Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1861
  •  04.09.2019 12:05

Bu yilgi eng arzon iPhone taqdimotdan avval Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi

Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida Apple korporatsiyasi taqdimotga tayyorlayotgan smartfon tekshirib ko‘rilganiligi haqida qayd paydo bo‘ldi. Benchmarkda u iPhone12,1 nomi ostida imtihon topshirgan.

O‘QING: RASMAN: Apple yangi ayfonlarning namoyish kunini aytdi!

Aftidan, bu yerda o‘tgan yili namoyish etilgan iPhone XR (sotib olish) rusumli – nisbatan hamyonbop smartfonning davomchisi, ya’ni iPhone XR 2019 (yoki iPhone XR 2) haqida gap ketyapti.

Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, Apple A13 protsessoriga va 4 gigabaytlik tezkor xotiraga ega ushbu ayfon iOS 13.1 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Aytib o‘tish kerakki, iPhone XR atigi 3 GBlik «operativka»ga ega. Yangi smartfon protsessorining takt chastotasi 2,66 gigagersga yetgan (bulturgi A12 chipsetida bu ko‘rsatkich 2,49 GGs edi).

Yakka yadroli sinovda bu ayfon 5415 ball olgan, bu esa bulturgi A12 ko‘rsatkichidan 13 foizga yuqori. Barcha yadrolari ishtirokidagi imtihonda esa yangi iPhone o‘tgan yilgi A12 darajasida – 11 394 ochko to‘play olgan.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda 5 650 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda turli rusumlardagi iPhone’larni xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Odamlar yangi iPhone olishni istashmayapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!