BUNAQASI BO‘LMAGAN: Google Pixel 4 XL taqdimotdan to‘rt oy avval «jonli» videoda!

  •   DiMaX
  •  929
  •  10.06.2019 16:43

BUNAQASI BO‘LMAGAN: Google Pixel 4 XL taqdimotdan to‘rt oy avval «jonli» videoda!

Qidiruv giganti o‘tgan oyning boshida arzonlashtirilgan Google Pixel 3a hamda 3a XL smartfonlarini taqdim etgan edi. Endi oktyabrning boshlarida Google Pixel 4 turkumidagi flagmanlar namoyishi bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: «Kambag‘albop» Pixel 3a XL smartfonlari taqdimotdan avval do‘konlarga keldi, narxlari bilan tanishing!

Buni qarangki, hali rasmiy taqdimotigacha to‘rt oy vaqt bo‘lsa-da, bangladeshlik bir insayder allaqachon Google Pixel 4 XL flagmanining «jonli» videosini chiqardi! Qisqa videolavhada uning dizaynini, asosiy o‘ziga xosliklarini ko‘rib olish mumkin.

Avvalroq sizib chiqqan mish-mishlar to‘g‘ri chiqib, Pixel 4 XL qo‘shaloq old kamera bilan jihozlanayotgan ekan. Ushbu ikkita datchik ekranning yuqori o‘ng burchagida ochilgan tirqishga joylashgan – xuddi Samsung Galaxy S10+ (sotib olish) flagmanidagi kabi.

O‘QING: Google va Huawei bu smartfon egalarining har biriga 400 dollardan to‘laydi!

Manbaga ko‘ra, Google Pixel 4 XL old kamerasi 32 va 8 megapiksellik datchiklardan iborat. Smartfonning qo‘shaloq bosh kamerasi esa 48 megapiksellik Sony IMX586 hamda 5 megapiksellik yordamchi sensorlarni o‘z ichiga oladi.

Videolavha muallifining ta’kidlashicha, ushbu flagmanning «elektron yuragi» sifatida ayni damdagi eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 chipsetidir. Uning tezkor xotirasi qancha hajmga egaligi va qanday turga mansubligi aytilmagan. Displeyning tasvir aniqligi Quad HD formatida (2560x1440 piksellik), akkumulyatorining tok sig‘imi – 4000 mA/soatlik. Google Pixel 4 XL kompaniyaning eng so‘nggi, «toza» Android 9.0 Pie operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Google hozircha ushbu video bo‘yicha biror izoh bermagan, mashhur insayder OnLeaks esa bu videoda boshqa qurilma tasvirlanganini da’vo qilgan, ammo aynan qaysi model ekani borasida biror variant aytmagan. Ehtimol, yuqoridagi lavhada ko‘rsatilgan qurilma Google Pixel 4 XL’ning dastlabki prototiplaridan biridir.

Aytib o‘tish kerakki, Google Pixel smartfonlari O‘zbekistonda savdoga qo‘yilmagan, faqat xorijdan buyurtma orqali oldirish mumkin. Boshqa kompaniyalarning ko‘plab telefonlarini esa Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Jumladan, bugun – 10 iyun kuni Samsung hamda Xiaomi smartfonlarining arzonlashtirilgan narxlari saytimizda e’lon qilingan.

O‘QING: Google nuqsonli chiqqan smartfonlar egalarining har biriga 500 dollargacha to‘lab beryapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!